Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga körsatiladigan davlat xizmatlari töğrisida ma'lumot beriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat prezidentning 2017 yil 12 dekabrdagi «Aholiga davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Qaror bilan Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining quyidagilar töğrisidagi takliflariga rozilik berildi:
a) Davlat xizmatlari agentligi huzuridagi davlat muassasasi şaklidagi Axborot xizmatlarini rivojlantiriş markazini taşkil qiliş;
b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi funksiyalarni joriy etiş:
- davlat xizmatlaridan foydalanişda köp söraladigan savollar töğrisida ma'lumot beriş, şuningdek davlat xizmatlarini körsatiş yuzasidan arizalar qabul qiliş va murojaat qiluvçilarga onlayn-konsultatsiyalar va tegişli tuşuntirişlar beriş;
- vazirliklar va idoralar bilan murojaatlar va boşqa masalalar yuzasidan tezkor aloqa qiliş raqamlari töğrisida ma'lumotlar joylaştiriş;
- yuridik şaxslarni, şu jumladan nodavlat taşkilotlarni taşkil etiş va röyxatdan ötkaziş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş tartibi töğrisidagi barça zarur ma'lumotlarni taqdim etiş va boşqalar.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga huquqiy masalalar böyiça bepul maslahat va tuşuntirişlar beriş;
- aholini fuqarolar, tadbirkorlik sub'yektlari va NNTlar kundalik hayotini tartibga soluvçi qonunçilik hujjatlari va davlat xizmatlari töğrisidagi axborot bilan ta'minlaş;
- aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy masalalar böyiça murojaatlarini tahlil qiliş, huquqni qöllaş amaliyoti va qonunçilik hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaş;
- YaIDXPda davlat xizmatlari körsatiş bilan boğliq masalalar böyiça davlat organlari va boşqa taşkilotlar rasmiy tuşuntirişlarini joylaştiriş.













