Davlat xizmatlari agentligining xabar berişiça, 5 turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD sörovi yordamida foydalaniş imkoniyati yaratilgan.

Xususan, mobil telefon orqali USSD sörovi yordamida bolalar boğçasiga navbatga qöyiş, ijro holati böyiça qarzdorlikni, kadastr obektiga va xorijga çiqişga taqiqni aniqlaş, tadbirkorlar ma’lumotlarini avtomatik tarzda, heç qanday navbatda turmasdan hamda ariza topşirmasdan olişi mumkin.

“Buning uçun telefon orqali *1148# USSD sörovini yuboriş va menyudan kerakli xizmat turini tanlaş kifoya. Sörov narxi 49 sömni taşkil etadi”, deyiladi xabarda.

Agentlik uşbu yangilik sinov tariqasida yölga qöyilgani, taqdim etiladigan xizmatlar soni bosqiçma-bosqiç oşirib borilişini eslatgan.

Avvalroq sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar bundan buyon davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali berilişi, farzandli bölgan fuqarolar bitta ariza beriş evaziga bir neçta xizmatdan biryöla foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi, ya’ni bola tuğilganda birdaniga poliklinikaga hisobga olinişi, boğçaga joylaştiriş uçun röyxatga qöyilişi, propiska qilinişi haqida xabar berilgandi.