2019 yil 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisi bölib ötdi.
Senat axborot xizmatiga köra, unda Oliy Majlis Senatining yigirma beşinçi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda körib çiqildi.
Senatorlar “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi töğrisida”gi va “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” Özbekiston Respublikasi qonunlarini muhokama qildi.
Ta'kidlanganidek, “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi töğrisida”gi Qonun Qurolli Kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini tartibga soliş böyiça amalga oşirilayotgan işlarning uzviy davomidir.
“Qisqa vaqt içida Milliy gvardiya mamlakat xavfsizligini ta'minlaş tizimida muhim böğinga aylanib, Qurolli Kuçlarning boşqa tarkibiy qismlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan yaqindan hamkorlik örnatdi. Şu jihatdan uşbu Qonun mazkur tuzilmaning huquqiy maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari, xizmatni ötaş tartibi, harbiy xizmatçi va xodimlarning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasi kabi masalalarni qamrab oladi”, - deyiladi xabarda.
Şuningdek, Qonunda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş, qonuniylik, yagonalik va mustaqillik Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida belgilanmoqda. Qayd etilganidek, Qonun Milliy gvardiya faoliyati huquqiy asoslarini takomillaştirişga, amaldagi qonun hujjatlari va yurtimizda barça sohalarda olib borilayotgan islohotlarga uyğunlaşişiga xizmat qilişi aytiladi.
Surxondaryo viloyati Termiz tumanining çegarasini özgartiriş, Termiz şahrining çegarasini kengaytiriş hamda ularning çegaralarini tasdiqlaş - majlisda körib çiqilgan yana bir masala böldi. Uning ijobiy hal etilişi hududda istiqomat qilayotgan aholining turmuş farovonligini yanada yaxşilaşga, mahalliy boşqaruv tizimini takomillaştirişga va mazkur hududlar uçun öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib tasdiqlanadigan mahalliy dasturlarni töliq röyobga çiqarişning muhim omillaridan bölişi majlisda alohida qayd etildi.
Majlisda körib çiqilgan masalalar yuzasidan Qömitaning tegişli qarorlari qabul qilindi.












