Transport vazirligi joriy yilning 19 dekabridan e'tiboran “Toşkent – Moskva – Toşkent” yönalişida muntazam avtobus qatnovini yölga qöymoqda.

Mazkur yönalişdagi qatnovlar “Uzautotrans Service” korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida bajariladi. Qatnovlar “Toşkent” avtovokzali va Moskvaning “Novoyasenevskaya” avtostansiyasidan amalga oşiriladi. 

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 12:00da ilk avtobus Rossiya poytaxti Moskva şahri tomon “Toşkent” avtovokzalidan yölga çiqadi. Mazkur yönaliş böyiça çipta narxi 900 000 söm etib belgilangan. 

Bildirilişiça, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod va Qozon şaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlari amalga oşirib kelinmoqda.