Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortiqcha undirilgan soliqni qaytarishning kechiktirilgan har bir kuni uchun penya to‘lanadi
Soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasini to‘lovchining qarzi bo‘lmagan hollarda soliq to‘lovchiga qaytariladi yoki kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olinadi.
Bu tartib Senatning 25-yalpi majlisida ma'qullangan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan.
Yangi tartibga ko‘ra, soliq to‘lovchiga ortiqcha to‘lovni qaytarib berish muddatidan o‘tgan har bir kun uchun soliq xizmati organlari tomonidan penya to‘lanadi.
“Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni 42ta mezon asosida 3 segmentga − “vijdonli”, “shubhali” va “muntazam huquqbuzarlar”ga ajratish belgilanmoqda. Mana shu tasnifdan kelib chiqqan holda soliq to‘lovchilar ustidan nazorat va tekshiruv amalga oshiriladi.
Shuningdek, Soliq kodeksining yangi tahriridagi o‘zgartirishlarga asosan soliq qarzini debitor qarzdorlik hisobidan undirish tartibidan voz kechiladi”, − deya senator Muxamet Jumageldiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash vakolatlari xalq deputatlari mahalliy kengashlarga beriladi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026