Superligani 2-örinda yakunlagan Toşkentning «Lokomotiv» klubi OÇL saralaş bosqiçida iştirok etişi bois, yangi mavsumga tayyorgarlikni nisbatan erta boşlaydi, deya xabar bermoqda klubi rasmiy sayti.

«Temiryölçilar» 21 yanvardan Osiyo çempionlar ligasiga kirişadilar. Şu kuni Toşkentda Tojikiston çempioni «Istiqlol» OÇL pley-off bosqiçi doirasida mehmon böladi. «Istiqlol» mağlub etilsa, «Loko» 28 yanvar kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga qarşi guruhga yöllanma beruvçi pley-off uçraşuvini ötkazadi. 

Uşbu bahslarga tayyorgarlik doirasida «Lokomotiv» Dubayda Xitoy Superligasi

«Jiangsu Sunin» va Şotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri «Glazgo Reyndjers»ga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Bu klubni hozirda «Liverpul» sobiq sardori Stiven Jyerrard boşqarmoqda» - deyiladi manbada.

Klub matbuot xizmatining xabar berişiça, har ikki xorij klubiga «Lokomotiv» klubi örtoqlik öyini masalasida taklif bilan çiqqan va ular rozilik bildirişgan. Toşkent klubi «Glazgo Reyndjers» bilan 10 yoki 11 yanvar kuni öyin ötkazişi rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, «Glazgo Reyndjers» Şotlandiya çempionati 17-turidan keyin 38 oçko bilan 2-örinda bormoqda. Peşqadam «Seltik» hisobida 40 oçko bor.