Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Aşxoboddagi Olimpiya şaharçasidagi sport majmuasida kuç tuzilmalari rahbarlari uçun sport maşğuloti ötkazdi. Bu haqda “Oltin asr” axborot agentligi xabar berdi. 

Sport majmuasida Berdimuhamedov bouling zaliga taşrif buyurib, maşğulotlar zalida harbiylarga bir qator maşqlar bajarilişini körsatib berdi.

Ma'lum qilinişiça, maşğulotlarda milliy xavfsizlik vaziri, içki işlar vaziri, boş prokuror, bojxona xizmati rahbari va boşqa amaldorlar qatnaşgan.

“Asosiy maqsadimiz xalq salomatligini asraş va mustahamlaş, jamiyatda soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş hisoblanadi”, deb aytgan Turkmaniston prezidenti. Uning ta'kidlaşiça, respublikada ommaviy jismoniy tarbiya va sport hamda Olimpiya harakatini rivojlantirişga katta sarmoyalar ajratilmoqda.  

Ta'kidlab ötiş kerak, Aşxobodda 2020 yilda sambo, 2021 yilda esa velotrek böyiça jahon çempionatlarini ötkaziş rejalaştirilgan.