Özbekistonda joriy etilgan “Pensiya” dasturiga kiritilgan ma'lumotlar asosida qöşni Qozoğiston Respublikasidan taşrif buyurgan hamkasblar örtasida özaro tajriba almaşiş hamda ma'lumotlarni soliştiriş amaliyoti jarayonida bir vaqtning özida ikkita davlatdan (Özbekiston va Qozoğiston) bir xil turdagi pensiya olib kelayotgan 78 nafar fuqaroning pensiyalari şubha ostiga olinib, ularga aniqlik kiritiş va noqonuniy holatlarning oldini oliş yuzasidan hamkorlikdagi monitoringlar olib borildi.
Soliq plus’ning Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi apparati bölim boşliği Abduraşid Ismoilovga asosan yozişiça, ötkazilgan tezkor soliştiriş hamda monitoring natijalariga köra, bugungi kunga qadar jami 8 nafar fuqaro tomonidan 294,1 mln. söm miqdoridagi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi mablağlari özlaştirib kelinganligi aniqlandi.
Toşkent şahar Olmazor tumanida yaşovçi fuqaro B.A.ning bir vaqtning özida ikkita davlat (Özbekiston va Qozoğiston)dan pensiya tayinlantirib, bir neça yillardan buyon pensiya olib kelayotganligi natijasida 42,1 mln. söm, yana şu tuman fuqarosi R.D. tomonidan 5,7 mln. söm, Şayxontohur tumanida yaşovçi fuqaro X.B. tomonidan 57,2 mln. söm miqdoridagi mablağlar özlaştirilgan.
Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida yaşovçi ikki nafar fuqarolar B.G. hamda I.E.lar tomonidan jami 86,3 mln. söm miqdoridagi Jamğarma mablağlari noqonuniy yöl bilan özlaştirilib, bir vaqtning özida ikkita davlatdan pensiya olib kelganligi aniqlandi.
Yuqori Çirçiq tumanida yaşovçi fuqaro A.Ş. tomonidan 12,7 mln. söm va Quyi Çirçiq tumanida yaşovçi fuqaro A.R.tomonidan 28,8 mln. söm miqdoridagi Jamğarma mablağlari bir neça yillar davomida özlaştirib kelingan.
Navoiy viloyatining Zarafşon şahrida yaşovçi fuqaro L.Z. ham bir vaqtning özida ikkita davlatdan pensiya olib kelgan. Uning şu kungaça Özbekiston Respublikasidan olib kelgan 61,4 mln. söm miqdorida özlaştirgan pensiya puli örganiş davomida Jamğarma hisobiga qaytarib undirildi.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Pensiya jamğarmasi amaliyotida foydalanilayotgan “Pensiya” dasturidagi ma'lumotlarga asosan ikki davlatdan pensiya olib kelayotganligi şubha qilinayotgan 70 nafar fuqaroning röyxati şakllantirilgan bölib, ikki davlatning pensiya ta'minoti böyiça mas'ullari hamkorligida monitoring işlari davom ettirilmoqda.
Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi mablağlarining maqsadli sarflanişini ta'minlaş hamda yöl qöyilgan salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida, yuqorida körsatib ötilgan barça holatlar yuzasidan töplangan tekşiriş materiallari va hujjatlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş idoralariga topşirilib, hozirda tergov oldi harakatlari bilan jami özlaştirilgan mablağlarning 98,2 mln. sömi Jamğarma hisobiga undirildi.












