Toşkent şahar hokimining 2019 yil 16 dekabrdagi qarori bilan «Toşşahartransxizmat» AJ boşqaruvida özgariş yuz berdi.

Poytaxt hokimligi xabariga köra, «Toşşahartransxizmat» boşqaruvi raisi vazifasida işlab kelgan Mohir Valiyev lavozimidan ozod etildi. 

Mohir Valiyev

Ma'lumotda aytilişiça, uşbu lavozimga tayinlov bölguniga qadar «Toşşahartransxizmat» boşqaruvi raisi vazifasini bajariş Toşkent şahar transport boşqarmasi boşliği A. Jörayev zimmasiga yuklatildi.

A. Jörayev

Eslatib ötamiz, quyidagilar «Toşşahartransxizmat» faoliyati asosiy vazifalari etib belgilangan:

kompaniya tarkibiga kiruvçi mulkçilik şaklidan qat'iy nazar korxona va taşkilotlar aholining şahar yölovçi taşiş transportining yuqori sifatli xizmatlariga bölgan ehtiyojlarini mukammal qondirişiga, şuningdek ular işning samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligini oşirişga yönaltirilgan faoliyatini muvofiqlaştiriş;

yölovçi taşiş xavfsizligini va yölovçilarga yuksak darajadagi transport xizmati körsatilişini, jamoat transporti qatnovlarida transport vositalari harakatlarining bir maqomda bölişini, belgilangan harakat jadvallariga va intervallariga rioya etilişini ta'minlaş;

axborot–kommunikasion texnologiyalarini harakat tarkibining navigatsion nazorat tizimini (GPS) keng joriy etiş usulida, transport vositalarini qayd etuvçi elektron terminallar örnatiş, qatnov yöllarida dispetçerlik boşqaruvi xizmati darajasini oşiriş usulida online rejimida taşkil etiş;

transport vositalaridan foydalanişning yagona texnik siyosati va talablarining joriy etilişi, har tomonlama qulay, zamonaviy transport vositalarining saqlanişi, ularni ehtiyot qilib, maqsadli va samarali foydalaniş yuzasidan doimiy monitoring olib boriş, sutkaning turli soatlarida yölovçilar oqimini hisobga olgan holda köp örinli va örta siğimli avtobus qatnovlarini oqilona uyğunlaştiriş, transport vositalarini ta'mirlaş va ularga servis xizmati körsatilişi infratuzilmasini rivojlantiriş;

transport korxonalarini yuqori malakali kadrlar bilan, birinçi galda haydovçilar tarkibi, transport vositalarini ta'mirlaş va ularga texnik xizmat körsatuvçi mohir ustalar bilan majmualaş, ularning malakasini tizimli ravişda oşiriş, şahar yölovçi taşiş transporti xodimlarini moddiy hamda ma'naviy rağbatlantirişning samarali tizimini joriy etiş.