Joriy yilning 14 dekabr kuni Navoiy viloyati Zarafşon şahri 2-kiçik tumanida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan H.J. uyiga mast holda qaytib, arzimas sababni bahona qilib janjal kötaradi. 

Postda.uz’ning yozişiça, u spirtli içimlik ta'sirida aql-huşini yöqotib, turmuş örtoği va farzandlarini ayovsiz haqorat qila boşlaydi. Turmuş örtoği R.I.ni öldirişini aytib, uyida piçoq izlay boşlaganda esa vaziyat fojiali tugaşi mumkinligi oydinlaşadi.

Farzandlari uydagi kesuvçi jismlarni yaşirişga ulgurgani sababli uydan qöliga ilinarli biror narsa topolmagan H.J. piçoq izlab köçaga otlanganidan foydalangan R.I. hududda xizmat olib borayotgan Zarafşon şahar IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Farid Soibovga murojaat qiladi.

Vaziyatni töğri baholagan profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi Z.Erkinov bilan birga voqea joyiga yetib borib, janjaldan ötakasi yorilgan bolalarni tinçlantiradi.

Köçadagi dökondan oşxona piçoğini sotib olib, uyiga qaytgan H.J. eşik oldida içki işlar organi xodimini körgaç, içkariga kirişga harakat qiladi. Biroq bunga yöl qöymagan leytenant F.Soibov vaziyatga oydinlik kiritiş uçun gaplaşib olişlari lozimligini ma'lum qiladi. Şu payt fuqaro H.J. yengi içida yaşirib olgan piçoq bilan uning qorin qismiga bir neça marta jarohat yetkazib, içkariga bostirib kiradi.

Oğir jarohat olgan bölişiga qaramasdan özini yöqotib qöymagan va inson hayotini saqlab qolişni burçi deb bilgan profilaktika inspektori H.J.ni qölga olib, zararlantirişga muvaffaq böladi.

F.Soibov oğir ahvolda şahar tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizildi. Öz vaqtida zarur çoralar körilgani sababli içki işlar organi xodimining hayoti saqlab qolindi.

Fuqaro H.J.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa olindi.

Yuqori jangovar şaylik va jasorat namunasini namoyiş etgan leytenant F.Soibovni rağbatlantiriş çoralari körilmoqda, deyiladi xabarda.