Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4302-sonli qaroriga asosan importi yuqori bölgan, özlaştirişga tavsiya qilingan 99 ta mahsulot röyxati şakllantirilgan. E'tiborli jihati şundaki, uşbu röyxatga 5 ta quriliş materiallari ham kiritilgan. Bular gulqoğozlar va şunga öxşaş devor qoplamalari, quriliş aralaşmalari yoki betonlar uçun tayyor qöşimçalar, keramogranit, santexnika mahsulotlari uçun smesitellar, yoğoç-tolali plitalar (DSP, MDF). Yuqorida körsatilgan mahsulotlarni mahalliylaştiriş böyiça «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi tomonidan aniq rejalar, bir qator loyihalar işlab çiqilgan. Xususan, 2020-2021 yillarda gulqoğozlar böyiça umumiy qiymati 16 mln. 300 ming dollar bölgan 3 ta loyiha işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Investitsiya loyihalari amalga oşirilgaç gulqoğozlarga bölgan talab töla qondiriladi, ya'ni işlab çiqariş quvvati 6 mln. 600 ming rulonga yetkaziladi.


Kuni keça Xorazm viloyatida devorbop gulqoğozlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yangi korxona öz faoliyatini boşladi. Xorazm viloyati hokimligi va «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi hamkorligida mahalliylaştiriş dasturiga köra yangi loyiha amalga oşirildi. «NEW BEST STYL» MÇJning gulqoğoz işlab çiqariş yillik quvvati 700 ming rulonni taşkil etadi. Korxona bosqiçma-bosqiç işlab çiqariş quvvatlarini oşirib boradi. Xususan, 2020 yili umumiy qiymati 6 mlrd. 830 mln. sömlik bölgan 490 ming rulon mahsulot tayyorlansa, şundan 147 ming ruloni eksport qilinadi. Natijada, mahalliylaştiriş darajasi 38,39 foizni taşkil etadi.

Rejaga köra, 2021 yilda 560 ming rulon gulqoğozlari işlab çiqariş közda tutilgan bölib, 168 ming rulon tayyor mahsulotni eksport qiliş rejalaştirilgan. Korxona energiyatejamkor, zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan. E'tiborlisi, bu yerda 40 nafardan ortiq xorazmlik yoşlar doimiy iş bilan ta'minlandi.
«Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi
Matbuot xizmati











