Ma'lum bölişiça, Z.K. bundan uç yil oldin mayiz savdosi bilan tezda katta foyda olişga işontirib fuqarolardan katta miqdorda pul olib öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan.
Xususan, sudda ma'lum bölişiça, 2016 yil 16 aprel kuni Samarqand şahrida yaşovçi fuqarolar K.J. va B.D.ning işonçiga kirib mayiz savdosini birga amalga oşirib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, keyinçalik daromadni teng taqsimlaşni va'da qilgan. Bu işni boşlaş uçun 300-350 ming dollar kerak bölişini uqtirgan. Yuqoridagi ikki fuqaro dastlab şubhalangan va mayiz savdosi bilan ilgari şuğullanmagani, tavakkal qila olmasligini bildirgan. Ammo Z.K. bir neça yillardan beri şu biznes bilan şuğullanib foyda körişi, hozir ayrim hududlarda mayiz juda arzon ekani va bunday imkoniyat boşqa qaytarilmasligini aytgaç, J.K. 100 ming, I.B. 80 ming dollar olib kelib bergan.
Ammo qança vaqt ötsa ham foydadan darak bölmagaç, yigitlar öz pullarini qaytarişni talab qila boşlaşadi va uning bir qismini (39 ming dollar) olişadi.
Ikkovlon hartugul bitta işni pişiq qilişgan – pulni topşirayotganda tilxat olişgan. Sözlaşuvlarning barçasi telefonda yozib olingan. Ana şu kabi dalillar keyinçalik sudda asqotdi.
Mazkur iş jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi sudyasi F.Raxmanov tomonidan tomonidan körib çiqildi. Z.K. olti yilga ozodlikdan mahrum etildi.












