Şu jumladan, Toşkent viloyatida ham saylov jarayoni qizğin davom etmoqda.
«Ta'kidlaş joizki, viloyatda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylov ötkazuvçi 13ta, xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşiga saylov ötkazuvçi 60ta, tuman va şahar kengaşlariga saylov ötkazuvçi 626ta okrug saylov komissiyalari bor. Şuningdek, 958ta saylov uçastkasi mavjud.
Saylovlarda oçiqlik va oşkoralik prinsiplarining tölaqonli amalda bölişida ommaviy axborot vositalarining örni va ahamiyati beqiyos. Ayni paytda Xalqaro matbuot markazi Toşkent viloyati bölimida akkreditatsiyadan ötgan jurnalistlar jarayonni faol yoritib borişmoqda.
Xalqaro matbuot markazi Toşkent viloyati bölimi tomonidan şu paytgaça viloyat ommaviy axborot vositalari uçun 8 marta matbuot anjumani va brifing, 4 marta davra suhbati, 2 marta amaliy seminar ötkazildi. Ötgan haftadan boşlab siyosiy partiya vakillari iştirokida uçun jonli muloqot — debatlar taşkil etilmoqda. Şu paytgaça bunday muloqotlar Çirçiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren va Yangiyöl şaharlaridan hamda Zangiota, Parkent, Yuqori Çirçiq, Böka, Quyi Çirçiq tumanlarida yuqori saviyada ötkazildi. Mazkur debatlarni yoritiş uçun akkreditatsiyadan ötgan jurnalistlarning 10dan ortiği muntazam qatnaşişmoqda. Bundan taşqari, «Toşkent» va «Özbekiston 24» telekanallari ijodiy guruhi ham iştirok etib debatlarni informatsion dasturlar orqali yoritişda kömaklaşdi.
«Toşkent» telekanali va radiosida, «Toşkent haqiqati» va «Taşkenskaya pravda» gazetalari, şuningdek, tarmoq naşrlari, şahar, tuman hokimliklari muassisligidagi naşrlar, Özbekiston milliy axborot agentligi Toşkent viloyati muxbirlik punkti, mahalliy internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda saylovga doir materiallar muntazam yoritib borildi.
Hozirgi kunga qadar bosma naşrlarda 500ga yaqin, «Toşkent» telekanalida 20ta, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda 700dan ortiq materiallar e'lon qilindi.
Şuningdek, jurnalistlarni akkreditatsiyadan ötkaziş işlari jadalik bilan olib borilmoqda. Jumladan, bugungi kungaça 52 nafar jurnalist akkreditatsiyadan ötkazildi. Ular orasida ÖzA va «Xalq sözi» muxbirlari ham bor.
Viloyat va tuman, şaharlardagi 18ta davlat bosma naşrlarining har birida siyosiy partiyalarning tarğibot materiallari uçun bepul naşr maydoni ajratildi.
Xususan, «Toşkent haqiqati» va «Taşkenskaya pravda» gazetalarining beşta partiyaga taşviqot materiallari uçun teng miqdorda bepul maydon ajratildi va ular taqdim etgan materiallar çop etildi.
Saylov qonunçiligiga köra saylov kuni xizmat safari bilan yoki boşqa sabablar köra, yaşab turgan joyida bölmaydigan saylovçilar oldindan ovoz beriş huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz beriş saylovga 10 kun qolganda boşlanib, 3 kun qolganda yakunlanadi. Ma'lumotlarga köra, Toşkent viloyatida jami 6 ming 972 nafar saylovçi muddatidan oldin ovoz berdi.
Kezi kelganda şuni aytiş kerakki, Qibraydagi 413-414-saylov uçastkalari hamda Çirçiqdagi 185-203 saylov uçastkalarida saylov jarayonlari töğridan-töğri translatsiya qilinadi.
Yana bir yangilik Nurafşon şahridagi 172-saylov uçastkasiga biometrik identifikatsiya qiliş qurilmasi örnatildi. Mazkur qurilmalar yordamida nomzodlarga ovoz berişda saylovçilar iştirokining xolisligiga, jarayonlarning şaffof va adolatli ötişiga erişiş maqsad qilingan.
Ovoz beriş jarayonlari davom etmoqda», deyiladi Xalqaro matbuot markazi Toşkent viloyati bölimi xabarida.











