21 dekabrda Toşkentdagi “Özbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida Qozoğiston madaniyat va sport vaziri Aktoti Raimkulova, Özbekiston boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov va madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev iştirokida Özbekistonda Qozoğiston yilining yopilişiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.

Şu munosabat bilan Qozoğiston madaniyat va sport vazirligi Qozoğiston san'at vakillari iştirokida konsert va A.Kasteyev nomidagi davlat san'at muzeyining köçma körgazmasini taşkillaştirdi.

Konsertda Qozoğiston xalq artisti Roza Rimbayeva, Qozoğistonda xizmat körsatgan arboblar Azamat Jiltirgozov, Medet Çotabayev, Ardak Balajanova, Botirjon Miktibayev, Alişer Karimov, Qozoğiston davlat akademik orkestri, “Saltanat” davlat raqs ansambli va xalqaro hamda respublika tanlovlari sovrindorlari iştirok etişgan.

Joriy yil 15 aprelda Toşkentda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev iştirokida Özbekistonda Qozoğiston yilining oçilişi tantanali marosimi bölib ötgandi.

Yil davomida Özbekistonda Qozoğiston madaniyat yili doirasida turli anjmunalar, forumlar, körgazmalar hamda köplab madaniy, sport va turistik tadbirlar bölib ötdi.