Ovozlarni sanaş jarayoni boşlangaç, dastlab, saylov qutisi oçilib, saylov byulletenlari nomzodlarga berilgan ovozlarga qarab saralab çiqildi.
Söngra ularning orasidan notöğri ovoz beriş natijasida buzilgan va ovoz berilmagan byulletenlar ham saralab olindi.
Eng avval Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, söngra viloyat kengaşi, eng oxirida Samarqand şahar kengaşi byulletenlari şu tarzda saralandi.
Ovozlar sanab bölingaç, saylovda qatnaşgan saylovçilarning soni jadval böyiça yana bir bor sanab, tekşirildi. Söngra saylovda iştirok etmagan byulletenlar sanaldi. Bunday byulletenlarning çeti qayçi bilan qirqilib, yaroqsiz holatga keltirildi.
Eng oxirida qayd etilgan natijalar bayonnomaga tuşirildi. Bayonnoma uç nusxada tuzildi hamda uçastka saylov komissiyasi raisi hamda a'zolari tomonidan imzolandi.
Samarqand şahridagi 123-saylov uçastkasida saylov davomati kutilganidan past böldi.
Oliy Majlis uçun ötkazilgan saylovda qatnaşiş uçun 2601 nafar saylovçi röyxatga olingan, 3000ta saylov byulleteni tayyorlangan edi. 22 dekabr kuni esa saylovga 953 kişi keldi va davomat 36,6 foizni taşkil etdi. 2047 dona byulleten foydalanilmagani yoki buzib qöyilgani uçun bekor qilindi.
Davomat pastligini uçastka saylov komissiyasi raisi Obid Röziqulov saylov qonunçiligi talablariga qat'iy rioya qilingani, bir kişiga bitta byulleten berilgani bilan izohladi.
Çindan ham uşbu saylov uçastkasida barçasi halol ötdi, deyiş mumkin.
Çunki viloyat va şahar kengaşiga qöyilgan 4 nafar nomzodga berilgan byulletendagi ovozlar soni deyarli teng çiqqan.
Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.











