Farğonada YPX inspektoriga tegişli avtomaşinani toş bilan urib, paçoqlagan fuqaroga 14 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Postda.uz’ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilgan.
Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:30larda fuqaro S.V. mast holatda avtomobil boşqarib Bağdod tumani Şöroqer qişloğida joylaşgan maktab oldiga kelib töxtaydi. Ortidan tuman IIB YPX inspektori ham yetib keladi. Sababi aniq, haydovçining yöl harakati qoidalarini buzib harakatlanişi inspektorda şubha uyğotgan edi.
Şu joyda YPX inspektori haydovçiga ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmoqçi böladi. Ammo haydovçi avtomobilni özi boşqarmaganligini bahona qilib, maktab binosiga kirib ketadi. Avtomobil esa jarima maydoniga olib ketiladi. Maktabdan qaytib çiqqan S.V. avtomaşinasi olib ketilganligidan jazavaga tuşib, şu yerda turgan YPX inspektoriga tegişli avtomaşinani toş bilan urib paçoqlaydi.
S.V. sudda öşa kuni mast holatda özini boşqara olmaganligini, huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini aytib körsatma berdi. Bağdod tumani ma'muriy sudi esa unga 14 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinladi.












