2019 yil davomida butun dunyo san'at ustalari ta'sirli san'at installyatsiyalari (zamonaviy tasviriy san'atda turli xil şakldagi real predmetlarni yagona badiiy tuşunça bilan birlaştirgan, hajm-makonga ega kompozitsiya) yordamida turli xil mavzularda öz fikrlarini bildirib, pozitsiyalarini namoyiş etdilar. Ularning aksariyati bomba effektini yaratdi — xoh jamoat joylarini özgartiradigan illyuziya bölsin, xoh yoruğlik nurlaridan foydalanilgan san'at asari.
Ba'zi ijodkorlar asarlaridan ijtimoiy mavzularni yoritişda foydalangan bölsa, boşqalari iqlim özgarişi va qurolli zöravonlikning dolzarb mavzulariga e'tibor qaratişgan. Yilning art-yakunlarni sarhisob qilamiz va sönggi ön ikki oy içida tarixga kirgan eng yaxşi önta zamonaviy san'at asarlarini taqdim etamiz. Mualliflar orasida katta nomga ega bölgan rassomlar qatorida debyutantlarni ham köriş mumkin.
1. Yalpi içki mahsulot — Benk
si

London janubida eng maşhur yerosti strit-art rassomi Benksining körgazma zali oçildi. Benksi (Yalpi içki mahsulot) deb nom olgan öz ijodiy salonini taşkil etgani haqida şaxsiy instagram sahifasida e'lon qilgan. Gross Domestic Product savdo markasi rassomning ijodi tasvirlangan postkartlarni (otkritka) uning ruxsatisiz sotilişiga javoban yaratilgan.
2. Rezonansli lampalar örmoni — teamLab

Yaponiyalik ijodkorlardan art-installyatsiyalar uçun ançagina oddiy ğoya: ulkan xonani poldan şiftgaça yorqin çiroqlar töldiriş. Ammo zamonaviy texnologiyalar uşbu mazmunni töldirişga imkon beradi: masalan, lampalar odam harakatiga reaksiya bildiradi.
Albatta, öqiş orqali ğoyani töliq tuşunib yetiş qiyin. Xayolingizga elektr buyumlari dökoni kelişi mumkin, ammo teamLab'ning «Rezonansli lampalar örmoni» installyatsiyasi ulkan meduzalar orasida suzişga öxşaydi.
Lampalar odam yaqin masofaga kelganini sezib rangini özgartiradi, bu zanjir reaksiyasini qözğatadi va atrofdagi çiroqlar yanada yorqinroq porlay boşlaydi. Yoruğlik tölqini şu tarzda butun xonaga tarqalib, haqiqiy çiroqlar şousini yuzaga keltiradi.
3. VIGIL — Jyenni Xolser

Ijtimoiy harakatlarga aloqador yana bir hodisa — Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazi zabt etilişi.
Jyenni Xolser öqotar qurollar qurboni bölganlar uçun yodgorlik sifatida 4 kun davomida VIGIL'ni namoyiş etdi.
Unda tirik qolganlar va qurbonlar qarindoşlarining matnlari, mavzuga aloqador şe'rlar körsatilgan.
4. Nurli dala — Bryus Munro

Britaniyalik maşhur ijodkor bu safargi ğayritabiiy installyatsiyasi uçun joy sifatida Avstraliya kengliklari markazini tanladi.
Kompozitsiya avvaliga quruq yerda mudroq tortgan uruğlarni yodga soladi. Ular issiqdan orom oliş uçun qoronğulikni kutadi.
Olisdagi yulduzlarning miltillovçi nuri soya va yoruğlik bilan öynab tebranuvçi mitti gullarga hayot baxş etgandek taassurot qoldiradi. Quvvat quyoş batareyalari orqali ta'minlanadi.
Loyiha mahalliy Anangu qabilasi hayotini qöllab-quvvatlaş maqsadidagi xayriya doirasida yaratilgan. Poetik aborigenlar installyatsiyaga öz nomlarini berişgan va u tarjimada «juda köp çiroyli çiroqlarga nigoh» ma'nosini beradi.
5. Köpriklar qurilişi — Lorenzo Kuinn

Italiyalik haykaltaroş va rassom Lorenzo Kuinn bir-biriga birikib turgan 6 juft qöldan iborat öz san'at namunasini taqdim qildi. U Venetsiyaning Arsenal pristanida (kemalar töxtaydigan joy) qad kötargan. Installyatsiya 58-Venetsiya zamonaviy san'at biyennalisi oçilişi uçun maxsus yaratilgan. Kuinning ijod namunasi aloqa köpriklarini barpo qiliş va kelişmovçiliklarni bartaraf etiş zarurligiga urğu beradi.
6. Çiziqlar (57° 59 ́N, 7° 16 ́W) — Pekka Niyttivirta va Timo Axo

Taşqi Gebridlar qirğoq çiziği böyidagi oq xira yoğdu nurlari dengiz sathi kötarilişi ehtimoliy darajasini körsatadi, u nazoratsiz iqlim özgarişlari natijasida haqiqatga aylanişi mumkin.
Ekologik san'at installyatsiyasi suv kötarilişi vaqtida uçta sinxronlaştirilgan yoruğlik liniyasini faollaştiradigan sensorlar bilan jihozlangan.
Ijodkorlar yuz berişi taxmin qilingan dengiz sathi kötarilişini eng katta zarba ostida qoluvçi mintaqada körsatib beriş orqali iqlim özgarişlari mavzusiga e'tibor qaratişga umid qilişgan. Ular Şotlandiyaning ğarbiy sohilida joylaşgan, pasttekislikdan iborat Whist orol arxipelagini tanlaşgan.
7. Luvr piramidalari illyuziyasi — JR

Fransuz rassomi, strit-art ustasi JR Luvr şişa piramidalari oçilgan kunning 30 yilligini bayram qildi. Uning optik illyuziyalari Parijning diqqatga sazovor joyini ulkan çuqurga «taşladi». Asar «Buyuk piramida siri» deb nomlangan.
8. Nomsiz — Vaxit Tuna

Turk ijodkori Vaxit Tuna Istanbuldagi uylarning biri devoriga mamlakatda 2018 yil davomida öz eri tomonidan öldirilgan ayollar xotirasiga 440 juft tuflini ilib çiqdi. Tuna poşnali tuflini ayollar irodasi va mustaqilligiga timsol qilib olgan.
9. Milan dizayn haftaligi uçun yaratilgan installyatsiya — Aleks Çinnek

Britaniyalik haykaltaroş bino «zanjirlarini yeçdi». Şunday effekt yaratiş uçun Çinnek qöşimça fasad qöşgan va uning ortiga nurli ekran örnatgan. Şu tarzda tarixiy Milan devorlariga nazar soliş imkoni yaratilgan.
10. Vaqt nazariyasi — DAKU

Hindistonlik ijodkor Goa poytaxti Panajining asosiy köçalaridan birini kitob varağiga öxşaş holatga keltirdi. Harf va soyalardan taşkil topgan ğaroyib installyatsiya Start Goa festivali uçun maxsus ijod qilingan.











