Yangi mojaro — suv çiqib ketişi tufayli yuzlab hujjatlar zarar körgani oşkor bölganidan keyin, dunyoning eng maşhur muzeylaridan biri xodimlari iş taşlaş ötkazişga qaror qildi. Mehnat şaroitlarining yomonlaşuvi va moliyalaştiriş yetarli emasligiga qarşi norozilik aksiyasi 15 dekabrdan boşlanadi, deb duşanba, 8 dekabr kuni bir neçta kasaba uyuşmalari xabar berdi va xodimlarni muddatsiz iş taşlaşga çaqirdi.

Kasaba uyuşmalari Luvrda kadrlar yetişmasligi, texnik muammolar va binolarning eskirib ketganiga e’tibor qaratdi. «Kolleksiyalarni himoya qiliş, şuningdek xodimlar va taşrif buyuruvçilar xavfsizligi töliq darajada ta’minlanmayapti», — deya ma’lum qildi CFDT-Culture kasaba uyuşmasi. U 8 dekabr tongida Luvr xodimlarining umumiy yiğilişiga boşçilik qildi. Uyuşma Fransiya madaniyat vaziri Raşida Datini vaziyatga aralaşişga çaqirdi.

Le Monde naşri ma’lumotlariga köra, xodimlar binoga suv oqib kirişi xavfi borligi haqida rahbariyatni bir neça yildan beri ogohlantirib kelgan. Suvdan zarar köriş holati noyabr oyi oxirida aniqlangan, ötgan hafta oxirida esa Luvr bu haqda OAV bergan ma’lumotni tasdiqladi.

Avval La Tribune de l'Art jurnali yozişiça, zarar issiqlik va ventilyatsiya tizimidagi klapan tasodifan oçilişi natijasida yetkazilgan: şu sababli suv misrşunoslik kutubxonasi joylaşgan bino şift qismiga ötib ketgan.

Luvr direktori örinbosari Fransis Steynbok AFP agentligiga ma’lum qilişiça, suv oqib kirişi natijasida misrşunoslik kutubxonasidagi 300–400 ta hujjat zarar körgan. Asosan, bu — tarixiy jurnallar va ilmiy hujjatlar, «fransuz madaniy merosining asarlari emas», deb qöşimça qildi u. AFP ta’kidlaşiça, Luvrda issiqlik va ventilyatsiya tizimi bir neça oydan beri öçirib qöyilgan, uni 2026 yilda töliq almaştiriş rejalaştirilgan.

Luvr köp yillardan beri tuzilmaviy kamçiliklar va ortiqça tölib ketganlik uçun tanqid qilib kelinadi. Sönggi yillarda binolar suvdan zarar körgan bir neça holat aniqlangan, ba’zan bu ekspozitsiya zallarining yopilişi va vaqtinçalik körgazmalarni köçirişga olib kelgan.

Parijdagi muzey oktyabrda yuz bergan şov-şuvli öğrilikdan va binolarni qöriqlaşdagi kamçiliklar uçun tanqid qilinganidan söng, uni boşqariş va xavfsizlik masalalari Fransiyada siyosiy bahs mavzusiga aylandi. Xususan, öng populist «Milliy birlaşuv» partiyasi fransuz madaniy merosini samaraliroq himoya qilişni talab qilib, hukumatning bu boradagi harakatlarini yetarli emaslikda tanqid qilmoqda.