Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boşqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boşqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda ötkazgan tezkor tadbiri davomida “Farğona-Andijon” yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomaşina Oltinköl tumani hududida töxtatildi.
Andijon şahrida tuğilgan 36 yoşli ayol Yu.O. boşqaruvidagi avtomobil közdan keçirilganda, uning salon qismida 2800 dona “Lirika” va 1400 dona “Regapen” psixofaol dori vositalari borligi aniqlandi hamda örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olindi.
Aniqlanişiça, Qöqon şahridan olib kelinayotgan uşbu dori vositalari Andijon şahrida sotilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, tergovoldi suriştiruv işlari jarayonida Yu.O.ning Andijon şahridagi yaşaş manzilidan sotiş maqsadida saqlab kelinayotgan 616 dona «Lirika» dori vositasi ham aşyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatiş rejalaştirilmoqda.












