2019 yilning 21-27 dekabr kunlari Qarşi şahrida Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasidagi Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Özbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qöşma komissiyasi işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi.
TIV xabariga köra, uçraşuvda ikki mamlakat işçi guruhlari tomonidan 2019 yilda bajarilgan işlar sarhisob qilindi hamda 2020 yilgi uçraşuvlar Reja-jadvali kelişildi.
Bundan taşqari, çegara masalalari böyiça Özbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qöşma komissiyaning bölajak yiğilişida tasdiqlaş uçun qator hujjatlar tayyorlandi.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari Tölqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegişli Bayonnomani imzoladilar.
Uçraşuv konstruktiv va an'anaviy döstona muhitda ötdi, deyiladi xabarda.












