Maşhur futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu DAZN telekanalida mehmon böldi va qiziqarli savollarga javob berdi. Dastlab unga qaysi ismi köproq yoqişi haqida söraldi:
— Men uçun ahamiyati yöq. Uyda Ronaldu deb çaqirişadi. Onam va singlim. Maktabda Kriştianu deyişardi, futbolda Kriş, Ronni va hokazo. Köçada fanatlar köpinça CR7 deyişadi.
— CR7 – bu global brend. Dunyoning eng katta brendlaridan biri ekaningizga munosabatingiz qanday?
— Mening dunyom – futbol, şu bilan birga uning taşqarisidagi hayot ham muhim. Men biznesmenga aylandim. Agar qandaydir boşqa iş bilan şuğullanişga kirişsang, buning yomon tomoni yöq, fikrimça. Men bundan xursandman, lekin futbol doim eng muhimi bölib qolaveradi.
— Siz bu brend va şaxsiyatingizni qanday ajratasiz?
— Har ikkisi haqida gapirganda, aslida bir insonning turliça tomoni ekanini e'tiborga oliş kerak. Men futbolçiman va odamlar menga qarab turib, «Bu Kriştianu, mana şunday inson» deb qabul qilişlarini istayman.
— Endi A Seriya haqida savollar. Agar 10 ballik tizimda baholasak, Italiyada gol uriş qançalik qiyin?
— 7.
— Qarşi öynaş eng qiyin bölgan himoyaçilar kimlar?
— Töğrisini aytsam, özim birga şuğullanadigan şeriklarimga qarşi öynaş qiyinroq. Bonuççi, Kellini, De Ligt. Avval ham, Çempionlar Ligasida Kelliniga qarşi öynaş juda qiyin edi va men buni öziga xos çaqiriq sifatida qabul qilardim, alohida tayyorlanardim. Hozir esa, uççovini ham tilga olişga majburman, çunki har kuni maşğulotlarda bu tösiqqa röbaru kelyapman.
— A Seriya va Çempionlar Ligasidagi farq nimada?
— Ular hatto fikrlaşda ham keskin farq qiladi. Nazarimda, agar jahon çempionati va Yevropa çempionatlarini qöşmasak, Çempionlar Ligasi dunyodagi eng zör musobaqa. Har qanday turnirdan köra, YeÇLda öynaş menga köproq yoqadi.
— «Yuventus»da sizga nima yoqadi?
— Oldin ham aytganman, avvalo, klub madaniyati, an'analari – Italiyaning ajoyib tarixga ega bölgan eng yaxşi klubi. Men bu yerda baxtliman va «Yuve» bilan yana köp sovrinlarni qölga kiritmoqçiman. Menga nafaqat «Yuventus», umuman Italiyaning madaniyati yoqadi.
— Italiyadagi ilk xotirangiz?
— Turindagi ilk taniştiruv marosimi ajoyib ötgandi, men oilam, döstlarim bilan taşrif buyurgandim.
— 16 yil oldin esa «Mançester Yunayted»ga kelgandingiz?
— Men öşa «Sporting» va «MYu» örtasidagi örtoqlik öyinini yaxşi eslayman. Biroz hayajonda bölganman, lekin öşanda özimni yaxşi körsata olgandim. Öyin tugagaç, Fergyuson menga «sen bizda öynaşing kerak» degandi. Öşanda 18 yoşda edim va bu gaplardan özimda yöq xursand bölganman. Fergyuson tezroq jamoaga qöşilişimni istagan va bu transfer darhol sodir böldi.
— Endiçi?
— Hozir boşqaçaroq. Professional faoliyatning boşida atrofga, voqealarga boşqaçaroq nazar taşlaysan. Mas'uliyat ham ozroq böladi, lekin hozir ham, köp narsa özgargan bölsa-da, futbol öynaşdan zavq olaman. Yaxşi öynaş va sovrinlar yutiş – bu asosiysi. Bu maqsad hali ham saqlanib qolgan va yana bir neça yil töp sura olişimdan xursandman.
— Golni nişonlaşingiz – qanday paydo bölgandi?
— «Real»da boşlangan. Ğalaba qozongaç, atrofdagi hamma «Siuuu» deb baqira boşladi. Va men ham şunday deya boşladim, sababini bilmayman. Hammasi tabiiy boşlandi. Los-Anjyelesdagi «Çelsi»ga qarşi nazorat öyinini eslayman, men gol urdim va xuddi şunday nişonladim. Köpçilik nega unday qilganimni söray boşlaşdi. Bilmasam. Şunaqa bölib qoldi. Doim aytib kelaman, eng yaxşi narsalar tabiiy ravişda yuzaga keladi.
— Eng zör golingiz qaysi?
— Buffon darvozasiga urganim. Ajoyib stadionda, ajoyib jamoaga qarşi öyinda. Hatto raqib muxlislari ham meni olqişlaşgandi, öziga xos keça bölgandi. Buffon nima degan? Men avvaldan, qaçondir Buffon bilan uçraşiş, u bilan gaplaşiş imkoni tuğilsa, u juda yaxşi inson ekaniga amin bölaman, deb öylardim. U rostan ham juda yaxşi va quvnoq yigit. Goldan söng, u şunçaki, meni tabriklab qöydi. Öşa ilk uçraşuvimizdan yorqin xotiralar qolgan va heç qaçon unutmasam kerak.












