Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlaridan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, Intellektual mulk agentligi quyidagi hisob raqamlarini oçadi:

banklarda xorijiy valutadagi hisobraqamlari, şu jumladan blok-hisob raqamlari;

ğaznaçilik bölinmalarida milliy valutadagi tegişli ğaznaçilik şaxsiy hisob raqamlari.

Agentlikning budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari Moliya vazirligi ğaznaçiligida oçilgan Agentlikning şaxsiy ğazna hisobvarağida yiğiladi.

Jamğarma mablağlaridan:

Agentlikni moddiy-texnik ta'minlaş;

Agentlikning bino va inşootlarini quriş, kapital va joriy ta'mirlaş, jihozlaş;

xodimlarni moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş;

xizmat safarlari xarajatlarini qoplaş va boşqa şu kabi maqsadlar uçun foydalaniladi.

Jamğarma mablağlarini sarflaş Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan hamda örnatilgan tartibda röyxatdan ötkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegişli ğazna hisob raqamlaridan amalga oşiriladi.