“Ta’lim, soğliqni saqlaş va sport tizimini barqaror rivojlantirişni ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, ijtimoiy soha obektlarini quriş va ta’mirlaşni moliyalaştiriş maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini quriş va ta’mirlaş jamğarmasi taşkil etiladi.

Jamğarma mablağlari quyidagi maqsadlarga yönaltiriladi:

- umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş;

- ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, zamonaviy jihozlar, öquv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlaş;

- boşqa ijtimoiy yönalişlardagi quriliş-ta’mirlaş işlarini amalga oşiriş.