Eronlik harbiylar Eron, Rossiya va Xitoy birgalikda olib borayotgan harbiy maşğulotlar hududida aniqlanadigan razvedka kemalari va samolyotlariga öt oçişga tayyor. Bu haqda Eron qurolli kuçlari qömondoni örinbosari Habibulloh Sayyoriy ma'lum qildi. Uning sözlarini Tasnim axborot agentligi keltirib ötgan.
“Köplab davlatlar u yerda nima yuz berayotgani haqida ma'lumot olişga intilmoqda. Josuslar muayyan harakatlarni amalga oşirmoqda”, deb aytgan Sayyoriy.
U Eron “maşğulotlar ötiş joyida aniqlangan har qanday razvedka samolyoti va kemalariga qarşi öt oçişi”dan ogohlantirgan.
“Avval biz bunga qodirligimizni körsatganmiz”, db qöşimça qilgan harbiy.
Uç davlatning birgalikdagi maşğulotlari joriy haftada Hind okeanida boşlangandi. Ular 30 dekabrgaça davom etadi.












