"Agar uyğurlar Malayziyaga kelib boşpana sörasa, Xitoydan sörov kelib tuşsa ham Malayziya uyğurlarni deportatsiya qilmaydi", - dedi Malayziya boş vaziri Mahathir Muhammad. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Malayziya parlamentidagi muxolifat partiyalarining savollariga javob berar ekan, boş vazir Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor tumanida yaşovçi uyğurlarga nisbatan bölayotgan bosim va etnik ayirmaçilik mavzusiga töxtalib ötdi.
"Dunyoda musulmonlarga, şu jumladan uyğurlarga nisbatan bosimning mavjudligi barça tomonidan tan olinişi kerak", dedi Mahathir.
Malayziya boş vaziri 18-21 dekabr kunlari Kuala-Lumpurda bölib ötgan musulmon mamlakatlar sammitida ham uyğurlar masalasini kötargandi.
Avvalroq AQŞ savdo vazirligi Xitoyda uyğurlar bilan boğliq vaziyat sababli Xitoyning 28 ta taşkilotini sanksiyalar röyxatiga kiritgandi.
Şinjon-Uyğur muxtor tumani Xitoy şimolida joylaşgan bölib, u yerda asosan islom diniga e'tiqod qiluvçi uyğurlar yaşaydi. Pekin ma'lumotlariga köra, tumanda xalqaro terrorçilik taşkilotlari bilan aloqaga ega ayirmaçi guruhlar harakat qiladi. 2018 yil oxirida Xitoy hukumati tumanda terrorçilik va ekstremizm ta'siriga tuşgan odamlar qayta tarbiyalanadigan ta'lim va kasbiy tayyorgarlik markazlari faoliyat yuritişini tan olgan.












