Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyning 28 ta tashkilotiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: AP Photo/Jacquelyn Martin
AQSh savdo vazirligi Xitoyda uyg‘urlar bilan bog‘liq vaziyat sababli Xitoyning 28 ta tashkilotini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda vazirlikning hujjatida ma'lum qilingan.
“Bu 28 ta tashkilot AQShning tashqi siyosiy manfaatlariga qarshi boruvchi faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bu tashkilotlar Xitoy uyg‘urlar, qozoqlar va Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi musulmon ozchilikning boshqa vakillariga qarshi olib borayotgan inson huquqlari buzilishlariga aloqador. Bu tashkilotlarning barchasi Xitoyda joylashgan”, deyilganda hujjatda.
Sanksiyalar eksport, bu tashkilotlar bilan bog‘langan obektlarga nisbatan reeksportga taalluqli bo‘ladi.
Sinszyan-Uyg‘ur muxtor tumani Xitoy shimolida joylashgan bo‘lib, u yerda asosan islom diniga e'tiqod qiluvchi uyg‘urlar yashaydi. Pekin ma'lumotlariga ko‘ra, tumanda xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqaga ega ayirmachi guruhlar harakat qiladi. 2018 yil oxirida Xitoy hukumati tumanda terrorchilik va ekstremizm ta'siriga tushgan odamlar qayta tarbiyalanadigan ta'lim va kasbiy tayyorgarlik markazlari faoliyat yuritishini tan olgan.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026