Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarini kirib kelişi va noqonuniy savdosiga qarşi keng kölamli çora tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda noqonuniy pirotexnika savdosi va va ularning saqlanişi bilan boğliq qonunbuziliş holatlari foş etildi.

Jumladan, tezkor tadbir davomida 5000 dona pirotexnika vositalarini yaşirinça sotmoqçi bölgan fuqaro X.A. tadbir iştirokçilari tomonidan qölga olindi.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro X.A ning körsatmasiga binoan Muzrabod tumanida yaşovçi fuqaro F.U. ning yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirilganida, 6500 dona pirotexnika vositalari hamda 7 dona muşaklar borligi ma'lum böldi.

Şundan söng, Termiz şahri, Sariosiyo va Angor tumanlarida tezkor tadbir jadallaştirilib, huquqbuzar fuqarolar qölga olinib, ularda noqonuniy savdoga çiqarilayotgan 15 119 dona  pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlandi.

 Ötkazilgan tezkor tadbir davomida jami 26 626 dona pirotexnika vositalari aşyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.