Özbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining çet el valutasidagi mablağlarining ğazna ijrosi tartibi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun joylaştirilgan qarori loyihasiga köra:

budjet taşkilotlarining, budjet mablağlari oluvçilarning hamda davlat maqsadli jamğarmalarining çet el valutasidagi operatsiyalari ijrosi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan ğazna ijrosi yöli bilan amalga oşiriladi;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligi tomonidan budjet taşkilotlari, budjet mablağlari oluvçilar hamda davlat maqsadli jamğarmalari uçun çet el valutasida şaxsiy ğazna hisobvaraqlari oçiladi;

budjet taşkilotlari va davlat maqsadli jamğarmalari tomonidan tijorat banklarida çet el valutasidagi bank hisob raqamlarini oçilişi taqiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining çet el valutasidagi mablağlarining ğazna ijrosi tartibi töğrisidagi nizomda aytilişiça, har bir çet el valutasi böyiça alohida yagona ğazna hisobvaraği (YaĞH)lar oçiladi.

Budjet tizimi budjetlarining çet el valutasidagi mablağlariga Ğaznaçilik tomonidan YaĞHdan foydalangan holda xizmat körsatiş çet el valutasidagi mablağlarini kirim qiliş, tölovlarni amalga oşiriş, hisobini yuritiş (valuta operatsiyalar) orqali amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimlari örtasida elektron raqamli imzo qöllanilgan holda axborot almaşiniladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq Özbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ötkazilişi lozim bölgan çet el valutasida tölanadigan tölovlarni qabul qiliş uçun belgilangan tartibda tuşumlar böyiça çet el valutasidagi şaxsiy ğazna hisobvaraqlarini (ŞĞH) oçiş va yopiş Ğaznaçilik tomonidan amalga oşiriladi.

Buyurtmaçilarning çet el valutasidagi tuşumlari (mablağlari) YaĞHga kirim qilinadi hamda ularning ŞĞHlarida aks ettiriladi.

Buyurtmaçilarning xarajatlari (tölovlari) ŞĞHlari qoldiqlari doirasida YaĞHdan Ğaznaçilik va uning hududiy boşqarmalari tomonidan axborot tizimida amalga oşiriladi.

Moliya vazirligining çet el valutasidagi operatsiyalarining hisobi valuta turlari böyiça Ğaznaçilik tomonidan oçiladigan alohida ŞĞHlarida yuritiladi.

Moliya vazirligining çet el valutasidagi operatsiyalari Ğaznaçilik tomonidan amalga oşiriladi.

Moliya vazirligining çet el valutasi yoki milliy valutasidagi mablağlarini milliy valutaga yoki çet el valutasiga konvertatsiya qiliş hamda tölovlarni amalga oşiriş Ğaznaçilik tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan buyurtma va tölov topşiriqnomalar asosida amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xalqaro moliyaviy institutlar hamda çet el hukumatlar moliya taşkilotlarining qarz va kredit mablağlarini jalb qilgan taşkilotlar qarz mablağlarni qaytariş jadvali asosida mablağlarni Ğaznaçilikning tegişli YaĞHiga ötkazib beradi.

Özbekiston Respublikasining davlat kafolatlari bajarilişini ta'minlaş maqsadida jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari qarzlari va kreditlarining qaytarilişi böyiça tölovlar Ğaznaçilik tomonidan çet el valutasidagi YaĞHdagi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Moliya vazirligining ŞĞHlardagi böş turgan mablağlardan samarali foydalaniş maqsadida çet el valuta mablağlari Ğaznaçilik tomonidan Markaziy bankka depozitga joylaştirilişi mumkin.

Markaziy bank tomonidan depozitga qabul qilingan Moliya vazirligining çet el valutasidagi mablağlari va ularning qoldiqlari böyiça töliq ma'lumot vazirlikning yozma murojaatiga asosan taqdim etiladi.

Özbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan çet el valutadagi qarz mablağlari, şuningdek Moliya vazirligining ŞĞHlardagi vaqtinça böş turgan mablağlar Ğaznaçilik tomonidan quyidagi yönalişlarga:

 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq maqsadli ssudalar berişga;

tijorat banklariga çet el valutasidagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ajratilişiga;

Özbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xalqaro moliyaviy institutlar hamda çet el hukumatlar moliya taşkilotlarining qarzlarini qoplaşga ajratiladi.

Budjet tizimi budjetlarning ŞĞHlarini yuritiş uçun tegişli valuta turlari böyiça axborot tizimida Ğaznaçilik tomonidan:

buyurtmaçilarga ŞĞHlar oçiş muvofiq şakldagi arizaga;

buyurtmaçilarning ŞĞHlarni yopiş muvofiq şakldagi arizaga asosan amalga oşiriladi.

ŞĞHlardan tölovlarni amalga oşiriş uçun buyurtmaçi Ğaznaçilik yoki uning tegişli hududiy boşqarmalariga belgilangan tartibda tasdiqlangan şakl böyiça imzolar namunalari va muhr izi kartoçkasini taqdim etadi.

 Buyurtmaçi çet el valutacini sotib oliş uçun muvofiq şaklda, çet el valutasini sotiş uçun muvofiq şaklda Ğaznaçilik va uning hududiy boşqarmalariga buyurtma taqdim etadi.

Buyurtmaçi tomonidan taqdim etilgan buyurtma Ğaznaçilik yoki uning hududiy boşqarmalari tomonidan tekşiriladi hamda xatoliklar aniqlanmaganda, elektron şakldagi buyurtmanoma Ğaznaçilik tomonidan şakllantiriladi.

Bunda Ğaznaçilik çet el valutasini xarid qiliş uçun buyurtmanomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda bir bank iş kunida Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan şakl böyiça ekspert guruhi tomonidan körib çiqilganidan söng, Markaziy bankka yuboradi.

Ğaznaçilik tomonidan yuborilgan buyurtmanoma Markaziy bank uçun banklararo savdo sessiyasida çet el valutasini xarid qiliş uçun asos bölib hisoblanadi.

Buyurtmalar ijro qilinganidan söng Ğaznaçilik va uning hududiy boşqarmalari uning bir nusxasini ŞĞHidan muvofiq şakl böyiça köçirma bilan birga buyurtmaçiga taqdim etadi.

Ğaznaçilik Markaziy bank tomonidan qaytarilgan buyurtmalarda xatoliklar aniqlangan hollarda xatoliklar aniqlangan kundan keyingi bank iş kunidan keçiktirmasdan, elektron şaklda yuborilgan hollarda esa şu kunning özida kamçiliklarni asoslantirgan holda töğrilaş uçun mazkur buyurtmani unga ilova qilingan köçirma nusxasi bilan birga buyurtmaçiga qaytaradi.

Ğaznaçilik tomonidan taqdim qilingan çet el valutasini sotib oliş va sotiş böyiça buyurtmanomalar Markaziy bank ekspert guruhi tomonidan körib çiqilmaydi.

Ğaznaçilikda çet el valutasini xarid qiliş buyurtmanomalarini körib çiqiş uçun ekspert guruhi tuziladi. Uşbu ekspert guruhning tarkibi va işlaş reglamenti Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ğaznaçilik tomonidan Moliya vazirligining çet el valutasidagi operatsiyalarini amalga oşirişda çet el valutacini sotib oliş va sotiş uçun elektron şakldagi buyurtmanomani şakllantirib elektron raqamli imzodan foydalangan holda Markaziy bankka yuboradi.

Maxsus valuta hisobvaraqlariga qöşib qöyilgan mablağlar qat'iyan maqsadli ravişda tuzilgan şartnomalarga muvofiq sarflanadi.