2019 yil 22 dekabr kuni taxminan soat 02:55larda 35 yoşli Ş.H. Jizzax şahri böyiça IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U şu kuni soat 23:00larda özining “Lasetti” rusumli avtomaşinasini yaşaş uyi oldida kaliti öt oldiriş joyiga tiqilgan holatda qoldirganligini, taxminan soat 02:50larda şovqin ovozini eşitib taşqariga çiqib qaragan vaqtida, noma'lum şaxs avtomaşina eşik oynasini sindirib, içida qoldirgan kalit bilan avtomaşinani öt oldirib, noma'lum tomonga haydab ketganini körganligini ma'lum qilib, avtomaşina topişda va uşbu şaxsni aniqlab, unga nisbatan çora körişni söragan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida uşbu jinoyatni 18 yoşli X.J. va 19 yoşli B.R. sodir etganligi aniqlanib, ulardan avtomaşina kaliti hujjatlaştirib olingan. X.J. va B.R.ga nisbatan JKning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.