Saylovlar Özbekistonni demokratik özgarişlar yölida olğa siljitdi va mamlakat ulkan salohiyatini amalga oşirişning boşlanişi böladi.

Bu 2019 yil 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasida bölib ötgan parlament saylovlarini kuzatişda iştirok etgan Pokistonning Global va strategik tadqiqotlar markazi delegatsiyasining xulosasi.

«Özbekistonda 2019 yilgi parlament saylovlari - xalqaro kuzatuvçilar nigohida» tahliliy hisobotida Özbekistonda amalga oşirilayotgan yangilaniş jarayoni yuqori baholangan, 2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oşirilayotgan çuqur özgarişlar e'tirof etilgan.

Hisobotda ta'kidlanişiça, xulosalar amaldagi islohotlar, şu jumladan, davlat boşqaruvi, demokratik tamoyillar va qonun ustuvorligini mustahkamlaş natijalari hamda 20dan ortiq saylov uçastkalarida ovoz beriş jarayonini kuzatiş asosida qabul qilindi.

Global va strategik tadqiqotlar markazi direktori Xolid Taymur Akromning fikriça, bu mamlakat tarixidagi birinçi haqiqiy demokratik saylovlar böldi. Ular yuqori sifat va tayyorgarlik darajasi, ommaviy axborot vositalarining erkin hamda faol işlaşi bilan ajralib turdi, şuningdek, bu Özbekiston uçun katta qadam böldi.

Hisobotda «Özbekiston rahbarining dinamik jamiyat, yaxşi yölga qöyilgan va samarali boşqaruv hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga asoslangan iqtisodiy tizimni yaratiş borasidagi harakatlariga» alohida urğu berilgan.