AQŞ Davlat departamenti Iroq hududidagi amerikaliklarga «mintaqadagi vaziyat keskinlaşgani munosabati bilan» uşbu mamlakatni tark etişni tavsiya qildi.
Amerikaliklardan Iroqni «agar iloji bölsa samolyotda» yoki «quruqlik orqali» tark etiş söralgan.
Davlat departamentining tvitterdagi sahifasida e'lon qilingan bayonotda 31 dekabr kuni Bağdoddagi elçixona «Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi qurolli guruh» hujumiga uçragani eslatib ötilgan.
تنبيه أمني - سفارة الولايات المتحدة في بغداد، العراق، 3 كانون الثاني 2020
— U.S. Embassy Baghdad (@USEmbBaghdad) January 3, 2020
Security Alert – U.S. Embassy Baghdad, Iraq, January 3, 2020https://t.co/3Cd1N4x6b9
Davlat departamentining amerikaliklarni Iroqni tark etişga çorlovi Bağdodda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining maxsus bölinmasi bölmiş «Al-Quds» bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniyning öldirilişidan bir neça soat ötib e'lon qilinmoqda. «Al-Quds» Eronning Yaqin Şarqdagi kampaniyasiga boşçilik qiladi va xorijda maxsus amaliyotlar ötkaziş bilan şuğullanadi.
Pentagon Sulaymoniy AQŞ prezidenti Donald Trampning farmoyişi bilan öldirilganini ma'lum qilgan. Eron hukumati generalning öldirilişini terrorizm akti deb atagan va buning uçun «qörqinçli qasos» olinişini bildirgan.













