3 yanvar kuni Eronning Kirmon şahrida Islom inqilobi muhofizlari korpusining marhum generali Qosim Sulaymoniy dafn etilgan joyda ikkita portlaş sodir böldi. Uning natijasida kamida 84 kişi halok bölib, 200 dan ortiq kişi jarohat olgan — ekspertlar hodisani Islom respublikasi tarixidagi eng yirik terakt deb baholamoqda. Bu terakt Yaqin Şarqda şusiz ham noxuş bölgan muhitni yanada yomonlaştirişi va hatto mintaqaviy mojaroga sabab bölişi mumkin. «Meduza» naşri ayni vaqtga kelib Kirmondagi portlaşlar töğrisida nimalar ma’lumligi va general Sulaymoniy nega Eron uçun AQŞ bilan kuraş ramziga aylangan muhim figura ekani, Tehrondagi rasmiylar hamda ğarb naşrlarining manbalari hodisaning qanday versiyalarini ilgari surayotganini keltirib ötdi.
3 yanvar kuni Eronda general Qosim Sulaymoniy öldirilganining tört yilligi bilan ötkazilgan xotira marosimi vaqtida ikki bor portlaş röy berdi. IRNA davlat axborot agentligi ma’lumotiga köra, birinçi portlaş Sulaymoniy dafn etilgan joydan 700 metr masofada, ikkinçisi — taxminan 15 daqiqa ötib, maqbaradan bir kilometr uzoqlikda röy bergan. Mahalliy naşrlarning yozişiça, ikkinçi portlaş nişoni qabristondan qoçib çiqqan odamlar bölgan.
Avvaliga Eron davlat naşrlari terakt oqibatida 103 kişi halok bölganini yozgandi. Ammo keyingi kuni rasmiylar boşqa raqamlarni keltirdi — mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Bahrom Eynollohiyning izohlaşiça, qurbonlar röyxatida ayrim nomlar takroran yozilgan.
CNN va BBC ma’lumotlariga köra, portlaş oqibatida kamida 84 kişi halok bölgan. Yana 200 dan ortiq kişi (turli manbalarga köra, 211 dan 284 nafargaça) hujum vaqtida jarohatlangan — şu bilan birga, eronlik mulozimlarga köra, yaradorlarning köpçilik qismi oğir ahvolda va qurbonlar soni ortişi mumkin.
Eron davlat televideniyesida namoyiş etilgan kadrlarda portlaş vaqtida köplab odamlar xotirlaş marosimida iştirok etayotganini köriş mumkin — ular Sulaymoniy tasvirlangan transparantlar osilgan yöl böylab harakatlanişgan. General özi tuğilib ösgan Kirmon şahrida, Eronda şahidlar deb hisoblanuvçi yana 1024 kişi bilan birgalikda Gulzor Şohad qabristoniga dafn etilgan — bu joy AQŞ va Ğarbga qarşi «Qarşilik öqi» tarafdorlari uçun ziyorat qilinadigan manzilgohga aylangan, deya yozadi The Guardian.
Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador sanaladigan Tasnim axborot agentligi öz manbasiga tayanib, «bombalar joylaştirilgan ikkita sumka», katta ehtimol bilan «masofadan boşqarilgan holda portlatilgani» haqida yozdi. Ammko Kirmon provinsiyasi gubernatori keyinroq rasmiylar bombalar masofadan turib yoki xudkuş terrorçilar iştirokida portlatilgani borasida aniq ma’lumotga ega emasligini aytdi. The Guardian naşri portlaşlarni «Mamlakatda 1979 yilgi Eron inqilobidan keyingi davrda röy bergan eng ajalvor terrorçilik hodisasi» deb atadi.









