Eronning Kirmon şahrida yuz bergan kuçli portlaş oqibatida 103 kişi halok bölib, 200 nafardan ortiği jarohatlangan edi. TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov bergan ma’lumotga köra, ular orasida Özbekiston fuqarolari yöq.
3 yanvar kuni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston hududida motam marosimi ötkazilayotganida portlaşlar röy berdi. Tasnim agentligi öz manbasiga tayanib xabar berişiça, bombalar qabristonga kiriş joyiga örnatilgan.
Eron taşqi siyosatining boş mafkuraçisi bölgan Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bağdod şahridagi xalqaro aeroport hududida öldirilgan edi. U Erondagi eng nufuzli şaxslardan sanalgan va Islom inqilobi muhofizlari korpusining mamlakatdan taşqarida amaliyotlar ötkaziş bilan şuğullangan elita bölinmasi «Al-Quds»ga rahbarlik qilgan.
Şuningdek, Sulaymoniy Eronning Yaqin Şarqqa ta’sirini yoyişda muhim rol öynagan va Tehronning uşbu mintaqadagi asosiy raqiblari bölgan, AQŞ, Saudiya Arabistoni va Isroil uni tiyişga urinib kelgan.









