Rossiyalik hujumçi Kirill Pogrebnyak Toşkentning «Lokomotiv» klubi bilan kelişuvga erişdi. Bu haqda Rossiyaning championat.com sayti xabar bermoqda.

«1 yanvar kuni 27 yoşli futbolçi erkin agent sifatida Şvetsiyaning «Falkenberg» klubini tark etdi. Kirill Pogrebnyak bu klubda mart oyidan buyon töp surayotgandi.
Kirill hozirda Rossiyaning «Ural» klubi futbolçisi sanalmiş, 36 yoşli taniqli hujumçi Pavel Pogrebnyakning ukasi sanaladi.
27 yoşli futbolçi faoliyatini 2011 yilda Rossiyaning «Tom» klubida boşlab, «Fakel», «Zenit-2» va «Baltika» klublarida ham töp surgan. Pogrebnyak Şvetsiya çempionatining joriy mavsumida 19 öyinda maydonga tuşib, öz hisobiga 2ta gol yozib qöygan», deyiladi manbada.
Ma'lumot uçun, 2018 yilgi mavsumda Kirill Pogrebnyakning yana bir akasi himoyaçi Nikolay Pogrebnyak ham Toşkentning «Lokomotiv» klubida faoliyat boşlab, bor yöği 2 öyinda maydonga tuşib, jamoani tark etgandi.
Eslatib ötamiz, OÇL saralaş bosqiçida töp suradigan «Lokomotiv» yaqinda yana bir hujumçi Marat Bikmayevni ham öz safiga qöşib olgandi.











