Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eron generali Qosim Sulaymoniyning öldirilişi sababli özining Gretsiyaga taşrifini yakunladi. Bu haqda öz manbasiga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

"Boş vazir Netanyaxu Eron generali Qosim Sulaymoniyning öldirilişi sababli özining Gretsiyaga taşrifini yakunladi", - dedi agentlik suhbatdoşi.

Isroil hukumati rahbari Gretsiya, Isroil va Kipr örtasidagi Şarqiy Örta yer dengizi gaz quvuri böyiça davlatlararo kelişuvni imzolaş uçun Gretsiyaga borgandi.

3 yanvarga ötar keçasi Bağdod aeroporti hududida AQŞ aviazarbalari oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) tarkibidagi «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni general Qosim Sulaymoniy halok böldi.

Eron oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda general Qosim Sulaymoniy öldirilgani sababli mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi va AQŞdan buning uçun qasos olinajagini ma'lum qildi.