«Lokomotiv»ning BAAdagi yiğinida iştirok etayotgan çernogoriyalik legioner Slavko Damyanoviç klub bilan şartnoma imzolagan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Çernogoriyalik Slavko Damyanoviç markaziy himoyaçi sifatida harakat qiladi. U faoliyati mobaynida Çernogoriyaning «Mornar Bar», «Suteska Niksiç», «Buduçnost Podgoritsa», Serbiyaning «Spartak», «Baska», Vengriyaning «Bekeşaba-1912» hamda Janubiy Afrika Respublikasining «Bidvest» klublarida töp tepgan. 27 yoşli himoyaçi erkin agent sifatida «Lokomotiv» bilan şartnoma imzoladi» - deyiladi klub xabarida.
Ma'lumot uçun, «Transfermarkt»ga köra, 27 yoşli markaziy himoyaçining transfer bahosi 300 ming yevroni taşkil etadi.












