Toşkentning «Lokomotiv» jamoasi ta'sisçilaridan biri sanalmiş Toşkent mexanika zavodi klub ustav fondidagi öz uluşini topşiradigan böldi. Bu haqda korparativ axborot yagona portali xabar bermoqda.
Manbaga köra, «Toşkent mexanika zavodi» AJning kuzatuv kengaşi aksiyadorlarining navbatdagi taşqari umumiy yiğilişini 7 fevral kuni çaqiriş töğrisida ma'lumot berilgan bölib, unda Toşkent mexanika zavodining «Lokomotiv» futbol klubi ustav fondidagi 58,2 foiz uluşi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga berilişi haqida xabar yozilgan.
«Lokomotiv» futbol klubi ustav fondidagi 58,2 foiz uluşi davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötgaç, klubning yangi ta'sisçisi kim bölişi hozirça ma'lum emas.
Ma'lumot uçun, «Özbekiston temir yöllari» AJ, «Öztemiryölovçi» AJ va «Toşkent mexanika zavodi» aksiadorlik jamiyatlari hozirda Osiyo çempionlar ligasi pley-off öyiniga tayyorgarlik körayotgan «Lokomotiv» klubining ta'sisçi va homiylari sanaladi.













