Osiyo çempionlar ligasi pley-off uçraşuvida Toşkentning «Lokomotiv» klubi Duşanbening «Istiqlol» jamoasiga qarşi maydonga tuşdi.

 Uşbu muhim öyinga ikki tomon ham turliça tayyorgarlik körgandi. «Lokomotiv» Birlaşgan Arab Amirliklarida taraddud körgan bölsa, Tojikiston çempioni Toşkentga kelib maşğulotlar va nazorat öyinlarida maydonga tuşdi.

 Şu bois, Toşkentdagi hali kökarmagan maydonga mezbonlardan köra, mehmonlar tezroq moslaşib olişdi. Dastlabki bölimda ustunlik vakillarimizda bölsa-da, yaqqol golli vaziyat yuzaga kelmadi.

 Ikkinçi bölimning 61-daqiqasida esa hisobni kutilmaganda «Istiqlol» jamoasi oçdi. Alişer Jalilov çamasi 30 metrlardan kuçli zarba bilan Ignatiy Nesterovni ojiz qoldirib, hisobni oçdi – 0:1.

Image

Goldan keyin Andrey Fedorov şogirdlari muvozanatni tiklaş uçun har qança intilişmasin, Duşanbe klubi a'zolari himoyada ança işonçli öyin namoyiş etib, vaziyatlarni bartaraf etib turdi va yakunda Toşkentdan ğalaba bilan qaytişdi.

 Mavsumdagi dastlabki rasmiy bahsda mağlubiyatga uçragan «Lokomotiv» OÇL yangi mavsumi bilan xayrlaşgan bölsa, «Istiqlol» guruh bosqiçiga yöllanma oliş uçun hal qiluvçi pley-off bahsida maydonga tuşadi.

 21 yanvar (seşanba)
OÇL-2020. Saralaş bosqiçi.
«Lokomotiv» (Özbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston) 0:1
Toşkent, 4256 tomoşabin.
Boş hakam: Hussayn Abu Yahyo (Livan).
Gol: Alişer Jalilov, 61.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Slavko Damyanoviç, 6.Davronbek Umirov, 7.Kaxi Maxaradze, 9.Kirill Pogrebnyak (11.Temurxöja Abduholiqov, 63), 10.Marat Bikmayev, 17.Sardor Mirzayev, 24.Davron Hoşimov, 33.Oleg Zoteyev, 77.Diyor Turapov (23.Abdul Aziz Yusupov, 81), 80.Farruh Ibrohimov.
«Istiqlol»: 1.Rustam Yatimov, 2.Marko Miliç, 3.Davlatmir Tabrezi, 5.Iskandar Jalilov, 6.Zoir Jöraboyev, 7.Viktor Svejov, 10.Alişer Jalilov, 14.Şeriddin Boboyev, 17.Panşanbe Ehsoni, 21.Larin Oleksey, 63.Manuçehr Jalilov.