Toşkent şahar jamoat transporti - avtobus va metropoliten yönalişlarida avtomatlaştirilgan tölov tizimini joriy etiş işlari boşlandi.
Transport vazirligi axborot xizmatiga köra, dastlabki bosqiçda “Toşşahartransxizmat” tarkibidagi avtobuslar elektron tölovlarni qabul qiluvçi mobil validatorlar bilan ta'minlandi hamda statsionar validatorlarni avtobus elektron tizimiga integratsiya qiliş böyiça işlar olib borilmoqda.
Şuningdek, 3 yanvardan e'tiboran maxsus transport tölov kartalari sotuvga çiqarildi. Tölov kartalarining narxi 11 000 sömni taşkil etadi. Har bir kartaga oldindan bir martalik tölov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yöl haqi 1 400 söm.

Qayd etilişiça, yölovçilar mazkur turdagi kartalarni boşqa savdo nuqtalari qatori jyeton hamda oylik yöl çiptalari bilan savdo qiluvçi quyidagi şoxobçalardan xarid qilişlari mumkin. Savdo nuqtalari:
Sariq köl bekati
Şimoliy vokzal bekati
MUM bekati
Töqimaçilik kombinati bekati
Maşinasozlar bekati
M.Çilanzar/Korzinka bekati
Maşina bozor bekati
Parkent bozori bekati
Çimyon dökoni bekati
Farğona bozori (Risovyy) bekati
Oloy bozori (markaz. Dar. tomon.) bekati
Xadra bekati
Qöyliq-2 şoh bekati
Farğona bozori (Risovyy) 2-bekati
Aviasozlar bozori (Kadyşeva) 2-bekati
Yunusobod 2-kvartal bekati
Farhod bozori bekati
Beruniy metrosi bekati
GRAND (Rossiya) mehmonxonasi bekati
Farhod bozorçi Lutfiy köçasi bekati
Yunusobod 3-kvartal bekati
Sergeli yarmarka bozori 2-bekati
Aviasozlar bozori (Kadyşeva) bekati
Oloy bozori - Ardus bekati
Qoraqamiş 2
Sergeli yarmarka bozori bekati
Saodat savdo markazi 1 bekati
Janubiy vokzal şoh bekati
Buyuk Ipak Yuli metrosi 1-bekati
Pedagogika universiteti (Çilonzor metrosi).
Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablağlar va naqd pul bilan yuqoridagi şoxobçalarda töldiriş imkoni mavjud. Tez orada kartalar hisobini bankomatlar, kiosklar, töldiriş terminallari hamda mobil ilovalar orqali ham töldiriş imkoniyati yaratiladi.
Yöl haqi tölovlarini amalga oşirişning avtomatlaşgan tizimi doirasida jamoat transporti uçun yagona transport kartalaridan taşqari tölovni amalga oşiriş imkonini beradigan mobil ilova hamda bir martalik QR çiptalar ham bosqiçma-bosqiç ravişda amaliyotga joriy etiladi. Şuningdek, mazkur tizimda yölkira xaqi uçun tölovlarni kontaksiz bank kartalari (Humo, Uzcard, Mastercard, Visa card va boşqalar) orqali amalga oşiriş imkoniyati ham yaratiladi.
Pensionerlar, öquvçi-talabalar hamda qonunçilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalaniş huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uçun imtiyozli transport kartalarini şaxsiylaştiriş va karta tannarxi böyiça sotiş davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriladi. Hozirda uşbu tizimni yölga qöyiş böyiça taşkiliy masallar hal etilmoqda. Bir neçta davlat idoralari örtasida ma'lumotlar bazasini özaro integratsiya qiliş işlari olib borilmoqda.
Uşbu yangi tizim bir neça bosqiçda amaliyotga töla joriy etilişi közda tutilgan. Unga qadar esa şu kungaça yölovçilar foydalanib kelgan oylik yöl çiptalari, jyetonlar hamda şahar jamoat transportida bepul yuriş huquqini beradigan guvohnomalar jamoat transportlarida tölov sifatida qabul qilinadi.












