«Ötgan çaqiriqlarda jami qabul qilingan qonunlarning bor-yöği 4-5 foizi deputatlar tomonidan taşabbus qilingan bölsa, uçinçi çaqiriqda qonunlarning 16,8 foizi Qonunçilik palatasi deputatlarining taşabbusi bilan qabul qilindi. Boşqaça aytganda, parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilingan har beşta qonunning bittasi deputatlar taşabbusi bilan qabul qilingan. Deputatlarning joylardagi uçraşuvlari, nazorat-tahlil faoliyati davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilişga qaratilgan takliflar asosida köplab yangi qonun loyihalari işlab çiqilib, qabul qilindi. Bu öz navbatida nazorat-tahlil faoliyatining kuçayganidan dalolatdir», deya Erkin Xolbötayevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, 2015–2019 yillarda 525 ta qonun qabul qilingan bölib, şundan 288 tasi Vazirlar Mahkamasi, 88 tasi deputatlar, 53 tasi prezident, 51 tasi boş prokuror, 40 tasi Oliy sud taşabbusi asosida parlament quyi palatasiga kiritilgan.

“Deputatlar tomonidan qaçon qonun taşabbusi amalga oşiriladi? Qaçonki parlament nazorati şaklida qonunlar ijrosi örganilganda kamçiliklar aniqlangandan keyin deputatlar mazkur kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida qonun taşabbusi vakolatidan foydalanişadi: u yoki bu qonunlarga özgartiriş kiritişadi yoki yaxlit yangi qonun loyihasini işlab çiqişadi. Avvalgi çaqiriqda atigi 4 ta qonun deputlar taşabbusi asosida qabul qilingani, 2015–2019 yillarda bu körsatkiç 88 taga kötarilgani ham, deputatlar tomonidan ötkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari yanayam kuçayganining tasdiğidir”, deydi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati rahbari Hojiakbar Tölaganov.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Jahongir Şirinovning aytişiça, joriy yilda parlament quyi palatasi tomonidan 177 ta qonun loyihasi körib çiqilgan. Bu körsatkiç 2018 yilda 173, 2017 yilda 147, 2016 yilda 61, 2015 yilda 59 tani taşkil etgan.