2025 yil 12 noyabrda Toşkentda «Xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ta’minlaşda global hamda mintaqaviy yondaşuvlar» mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollari muloqotining majlisi öz işini yakunladi.
Muloqot majlisida Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston rahbarlari hamda rasmiy delegatsiyalari vakillari, yoşlar parlamentlari va guruhlari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qatnaşdi.

Sessiyalar doirasida xotin-qizlarning siyosiy iştiroki, iqtisodiy faolligi, tadbirkorlik, ta’lim va reproduktiv salomatlik sohalaridagi imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Jumladan, qaror qabul qiliş jarayonida xotin-qizlarning uluşi, gender kvotasi va tenglikni ta’minlaş mexanizmlari, ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, moliyaviy resurslardan erkin foydalaniş, raqamli va STEM-ta’lim, reproduktiv salomatlik va sifatli tibbiy xizmatlardan erkin foydalaniş masalalari muhokama qilindi.

Muloqot majlisi yakunida Toşkent deklaratsiyasi qabul qilindi. U Markaziy Osiyo mamlakatlarida xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik va barqaror rivojlaniş masalalarini ilgari surişga bağişlangan mintaqaviy sa’y-harakatlarni e’tirof etadi.
Şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakçi ayollarining mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan qöşma taşabbusi — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga yöllangan Murojaatnoma taqdim etildi.

Iştirokçilar ayollar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, ta’lim va innovatsiya imkoniyatlarini kengaytiriş, reproduktiv salomatlik hamda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalaniş sohalarida ustuvor vazifalarni öz içiga olgan mintaqaviy “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişdi.









