UzAuto Motors aksiyalarni dastlabki ommaviy joylaştiriş (IPO) ötkazişni rejalaştirmoqda, deb ma'lum qildi «Özavtosanoat» Strategik rejalaştiriş boşqarmasi boşliği Rustam Qodirov.
«Davlatning biznesdan çiqadigan vaqti keldi. Bu haqda oçiq aytamiz. Agarda kimdir kompaniya uluşini sotib olişni istasa (gap xorijlik investorlar töğrisida bormoqda – tahr.), buni qöllab-quvvatlaymiz. Bundan taşqari, UzAuto Motors IPO ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu köproq Yevropa birjasida bölsa kerak», – dedi u.
Özbekiston prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi qaroriga köra, «Özavtosanoat» AJ tarkibiga kiruvçi ikkitadan kam bölmagan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini milliy va xalqaro fond bozorlarida dastlabki ommaviy joylaştiriş (IPO) yöli bilan investorlarni jalb etiş közda tutilgan.
«Özavtosanoat» AJ tarkibidagi ustav kapitallari uluşi xorijlik investorlarga sotiladigan korxonalar röyxatidan UzAuto Motors, Avtooyna, Avtokomponent va Uzavtosanoat Leasing joy olgan.












