Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining harbiy-havo kuçlari qömondoni Amir Ali Hojizoda Amerika bazalariga berilgan raketa zarbalaridan maqsad raqib askarlarini öldiriş emas, Vaşingtonning «harbiy maşinasi»ga zarar yetkaziş bölgani haqida gapirdi.

«Bizning maqsadimiz qotillik emasdi, biz raqibning harbiy maşinalarini nişonga olgandik», degan IRIB telekanali tomonidan translatsiya qilingan konferensiya vaqtida.

U agar Tehronning maqsadi qotillik bölganida, bunday amaliyot natijasida beş ming amerikalik öldirilgan bölişi haqida qöşimça qildi.

Hojizoda Amerikaning Iroqdagi bazalariga berilgan raketa zarbalari hali butun mintaqa böylab davom etadigan ulkan amaliyotning boşlanişi ekani haqida ma'lum qilgan.

Uning ta'kidlaşiça, general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun munosib qasos - AQŞ harbiylari Yaqin Şarqdan çiqarib yuborilişi böladi.

8 yanvarga ötar keçasi Sulaymoniyning ölimiga javob sifatida Eron harbiylari amerikaliklarning Iroqdagi bazalariga raketa zarbalari yölladi. Erondagi davlat telekanallari bu hujum oqibatida 80 nafar amerikalik öldirilgani haqida xabar tarqatdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp bu hujumdan 16 soat ötib bergan bayonotida eronliklarning hujumi oqibatida «biror amerikalik jabrlanmagani», «faqatgina harbiy bazalardagi obektlar minimal darajada şikastlangani» haqida gapirdi. Tramp «Eron, aftidan, çekinişga qaror qilgani» haqida qöşimça qilib, bu davlatga «qöşimça iqtisodiy sanksiyalar qöllanişi» haqida aytib ötdi.

Trampning raketa zarbasiga javobi: Eron çekindi, AQŞ bosimni davom ettiradi

Bundan avvalroq, Eron qurolli kuçlari boş ştabi xavfsizlik departamenti boşliği Abulla Aragiy eronlik harbiylar duşmanlardan tez orada «şafqatsiz qasos» olişi haqida gapirgandi.

The Washington Post naşri esa AQŞ ma'muriyatidagi yuqori martabali manbaga tayanib Eron Amerikaning Iroqdagi obektlariga raketa zarbalarini atayin amerikalik harbiylar kamroq jabr köradigan qilib bergani haqida xabar tarqatgandi.