Eron hukumati “Al-Quds” maxsus bölinmasi qömondoni, general Qosim Sulaymoniy öldirilgan kun – 3 yanvarni uning xotirasiga Xalqaro qarşilik körsatiş kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.  

Eronning madaniy inqilob işlari böyiça oliy kengaşi kotibi Said Rizo Omaliyning ta'kidlaşiça, mamlakat taqvimiga uşbu sananing kiritilişi haqidagi farmonni mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy imzolagan.          

Şuningdek, qurbonlari xotirasiga general Sulaymoniy nomi bilan ataluvçi xalqaro mukofot - World Sacrifice Award ta'sis etiladi. 
 
Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga ötar keçasi Bağdod aeroporti yaqinida AQŞ harbiylari zarbasi bilan öldirilgandi. Eron bunga javoban AQŞning Iroqdagi ikkita harbiy bazasini raketa bilan öqqa tutgan.