Los-Anjyelesda bölib ötgan Xalqaro iste'mol elektronikasi körgazmasida (CES) Xitoyning Elephant Robotics kompaniyasi robot muşukni namoyiş etdi. Bu haqda TechCrunch portali xabar berdi.
MarsCat deb nomlangan robot muşuk butunlay mustaqil bölib, uni sozlaş mumkin. U qöl tegiziş va egasining ovoziga javob qaytaradi. U şuningdek, turli buyumlar bilan öynay ham oladi.
Robot muşuk hozirça erkin savdoga çiqarilmagan, ammo unga kompaniya saytida 700 dollar evaziga buyurtma beriş mumkin.
MarsCat robot muşugi Elephant Robotics kompaniyasining uyda foydalaniş uçun möljallangan birinçi mahsuloti böldi. 2016 yilda taşkil etilgan kompaniya sanoat korxonalari uçun robotlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.













