Fuqarolik qonunçiligiga muvofiq mulk huquqi şaxsning öziga qaraşli mol-mulkka öz xohişi bilan va öz manfaatlarini közlab egalik qiliş, undan foydalaniş va uni tasarruf etiş, şuningdek özining mulk huquqini, kim tomonidan bölmasin, har qanday buzişni bartaraf etişni talab qiliş huquqidan iboratdir.

Tandir ham mulk hisoblanadi.

Davlat buzilgan xususiy mulk huquqi tiklanişini va uning sud orqali himoya qilinişini kafolatlaydi. Mulkdorga yetkazilgan zararning örni uni yetkazgan şaxs tomonidan qonunçilikka muvofiq töla hajmda qoplanişi kerak.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 61-2-moddasiga köra özganing mulkini qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş, oz miqdorni (BHMning 30 baravarigaça, 12 mln 360 ming sömgaça) taşkil etsa bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Tandir yasovçilar bilan gaplaşdik, bir dona tandir narxi örnatib berişi bilan 3-4 mln söm atrofida bölmoqda. Demak, ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi bor.

Voqealar rivojini kuzata olmay qolganlar uçun eslatib ötamiz:

Andijonda havo ifloslanişiga qarşi reydlar somsaxonalarni ham qamrab oldi. Xususan, Şahrixon tumanida somsa yopiladigan tandirlar ekskavatorlar bilan buzib taşlangan.

Tuman hokimligi bayonotida aytilişiça, reydlar viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovning topşiriği asosida ötkazilgan.

Tandirlar buzilişi internetda rezonansga sabab bölgaç hokimlik Telegram-kanalidan bu xabar, unga ilova qilingan video va suratlar öçirib yuborildi.

Tumanni 2017 yildan buyon boşqarib kelayotgan Hikmatullo Dadaxonovga «hayfsan» intizomiy jazosi qöllandi.

Masala şu bilan yopilib ketsa qonunlar amalda işlamagan böladi. Çunki bu yerda ikkita masala hali oçiq: tandir egalariga yetkazilgan zararni kim tölaydi? Kimdir huquqbuzarlik uçun javobgarlikka tortiladimi?