Joriy yilning 8 yanvar kuni Andijon viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmasi Jinoyat-qidiruv bölimi xodimlari tomonidan olingan tezkor malumotga asosan “Nazorat xarid” tezkor tadbiri ötkazilgan.
IIV axborot xizmati xabariga köra, unga xolis xaridor sifatida tezkor vakil D.T. jalb qilinib, şu kuni, 1964 yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 125-moddasi böyiça öğrilik jinoyati sodir etib sudlangan, vaqtinça işsiz, oilali, 2 nafar farzandi bor, Andijon viloyati, Xöjaobod tumanida yaşovçi fuqaro S.Z. xolis xaridorga Jalaquduq tumani, Guruçmozor temir yöl bekati 356-kilometrida joylaşgan qöriqlanadigan temir yöl kesişmasi yonida 300 000 söm pul evaziga qizil rangli polietilen tselofan paketga solingan, ötkir hidli, kökimtir rangli, quruq holdagi ösimlik barglarini sotgan vaqtida temir yöl kesişmasi yaqinida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan uşlandi.
Andijon viloyati IIB EKB katta eksperti kapitan N.Yu.ning 8 yanvardagi xulosasiga köra, 1 kg 665 gr "marixuana” giyohvand moddasi ekanligi aniqlandi.
Hozirda fuqaro S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












