Ajablanarlisi, ayni paytda afsuslanarlisi ham şundaki, ayrim markaziy naşrlar, media markazlar tomonidan tayyorlanib, efirga uzatilgan bir qator materiallarda zöravonlik yoki şafqatsizlik faktlari namoyiş etildi. Albatta, bu materiallarni tayyorlaşdan maqsad buzuq bölgan deyişga haqqimiz yöq. Bu materiallar, ehtimol, köproq auditoriya yiğiş, ma'lum bir hodisa, uning iştirokçilari xatti-harakatlarini qoralaş uçun tayyorlangandir. Lekin muammo şundaki, inson ongi axborotni turliça qabul qiladi, tahlil etadi. Ba'zan tarqatilayotgan axborot teskari natija berişi, ayrim şaxslar ruhiyatiga salbiy ta'sir qilişi mumkin.

Qora tarğibot

Jumong haqidagi filmdan ta'sirlangan yoş bola öz qarindoşini piçoqlab qöygan holatni eslaylik.

Ayrim naşrlarda qonga bulğangan piçoqning tasvirini keltiriş oddiy holatga aylanib qoldi. Deyarli barça yangilik tarqatuvçi internet saytlarda «Aurum 898» tungi klubidagi qotillik videosi tarqatildi. Buni tarqatişning özi fojia, jinoyat emasmi? Qança insonlar ruhiyati bundan zarar kördi. Bu vahşiylikni tarqatişning özi vahşiylik-ku?

Töğri, mamlakatimizdagi naşrlar, umuman axborot sohasi öziga xos transformatsiya jarayonida. Uni böğib qöyişga haqqimiz yöq. Biroq axborot tarqatiş sohasida ma'lum qoidalar bor, ularga amal qilişimiz darkor. Umuman, bu borada bizda ma'naviyatimiz, mentalitetimizning öziga xos jihatlari hisobga olingan axborot madaniyati şakllantirilişi kerak.

Sobiq ittifoq Davlat xavfsizlik qömitasida rais birinçi örinbosarigaça lavozimlarda işlagan Filipp Bobkovning «Sönggi yigirma yil» nomli asarida şunday voqea keltiriladi. 70-yillarning örtalarida Litvaning Kaunase şahrida yoş yigit özini yoqib yuboradi. Kutilmaganda bu holat epidemiyaga öxşab keng tarqala boşlaydi: yoşlar öziga benzin qöyib, yoqib yuboriş holatlari, ayniqsa Ğarb jurnalistlari oldida köpayadi. DXQ agentlari uning sabablari, taşabbuskorlarini topiş uçun rosa izlanişadi. Biroq ular natijasiz tugaydi. Şunda F.Bobkov bilan uçraşib qolgan Italiya kontrrazvedkasi vakili Italiyada ham şunga öxşaş quyidagi voqea bölganini gapirib beradi. Yoş, çiroyli qiz çerkovning abort masalasiga yondaşuvi, umuman, jamiyatga alohida şaxslar tomonidan jabr-sitam ötkazilişiga norozilik sifatida özini derazadan taşlaydi. U dabdaba bilan sönggi yölga kuzatiladi. Şundan keyin yoş italiyalik qizçalar örtasida binolarning derazasidan va tomdan taşlab özini öldiriş köpayadi. Bu «qora seriya»ni töxtatiş uçun davlat barça çoralarni sinab köradi. Ammo samara bermaydi. Kunlardan birida özini öldirişga harakat qilgan qizlardan biri ölmay qoladi. Undan nega bunday qilganini söraşganda, qizça hammani hayratga solib «bunday kömiş marosimlari qanday çiroyli» ekanligini aytadi.

Telbalik. Şunday emasmi? Şundan keyin Italiya hukumati barça siyosiy qidiruv amaliyotlarini töxtatib, bunday kömiş marosimlarini juda tor doirada, qat'iy tartibda, ovoza qilmasdan ötkaziş çoralarini köradi. Natija hayratlanarli darajada böladi, xuddi sehr qilinganidek bunday öz joniga qasd qilişlar töxtaydi. Şundan söng DXQ ham bu usulni özida qöllaşga şoşadi. Özini yoqib öldirgan şaxslarni siyosatga boğlamasdan, tergov qilmasdan, kamtarona kömiş taşkil qilinadi. Natijada özini yoquvçilar öz-özidan yöqoladi.

Bu hikoyani keltirişdan maqsad ba'zan yomon xabar, qiliqlar qançalik tez tarqalişi va şunga öxşaşga harakatlar köpayişi haqidadir. Mamlakatimiz naşrlarida yoritilayotgan qotilliklar, öz joniga qasd qilişlar tafsilotidan keyin ayrim şaxslar şunga öxşaş xatti-harakatni sodir etmasligiga kim kafolat bera oladi?

Dahşatdan dahşatlanmaslik sindromi

Psixologlarning fikriça, şafqatsizlik bilan boğliq bölgan videoroliklarning internet tarmoqlarida köpayib borişi, şubhasiz, inson psixikasiga salbiy ta'sir körsatadi. Bunday videoroliklarni surunkali körib boriş esa inson tomonidan agressiv xulq-atvorni normadagi va maqbul xatti-harakat deb tuşunişiga olib keladi. Bunday körinişdagi sahnalar insonlarning his-tuyğularini susaytirib boradi, bu öz navbatida insonlar reaksiyasida şafqatsizlikka, zöravonlikka bölgan his-tuyğuni ham susaytiradi. Buning oqibatida şafqatsizliklar insonlarni şok holatiga tuşirmay qöyadi va asta-sekin bu narsa ularga maqbul bölib boraveradi. Ya'ni dahşatli, qörqinçli va jirkanç narsalarga nisbatan tabiiy norozilik hissi öladi, dahşatdan dahşatlanmaslik odati paydo böladi.

Özbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boşqaruv raisi H.Mahmudova uşbu holatning yana bir körinişi bolalarda qörquv tuyğusini paydo qilişida namoyon bölişiga e'tiborni qaratadi. Bunday şafqatsizlikni körgan bolalarda uning farovon hayotiga tahdid soluvçi, butun dunyo şunday odamlardan mavjud degan fikrni keltirib çiqarişiga olib kelişi mumkin. Uning oqibati ularda dahşatli tuşlarni köriş, har xil yomon fikrlar paydo bölişiga olib keladi, bu öz navbatida bola ruhiyatini qamrab olib, uzoq vaqt davom etişi mumkin. Bu esa bolalarda ijtimoiy moslaşuvni keskinlaştiradi, xarakterda oğişlarni keltirib çiqaradi, emotsional-irodaviy jabhalariga tahlika soladi.

Zöravonlikni tarğib qilganlik uçun javobgarlik bor!

Axborot töğrisidagi barça qonun hujjatlarida zöravonlik va şafqatsizlikni tarğib qiliş qat'iy taqiqlangan. 

Şu örinda bu boradagi qonun hujjatlari normalarini öquvçilarga eslatib ötişni vazifamiz deb bildik. 

Özbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari töğrisida»gi Qonunining 6-moddasiga köra, ommaviy axborot vositalaridan zöravonlik ğoyalarini tarğib qiliş maqsadida foydalanilişiga yöl qöyilmaydi. «Axborotlaştiriş töğrisida»gi Qonunning 121-moddasiga asosan veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, şu jumladan bloger hamma erkin foydalanişi mumkin bölgan axborot joylaştiriladigan Internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan zöravonlik va terrorizmni tarğib qiliş maqsadlarida foydalanilişiga yöl qöymasligi şart.

«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida»gi Qonunning 15-moddasida davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta'minlaşning yöllaridan biri sifatida zöravonlikni, şafqatsizlikni tarğib qiluvçi ğoyalarni öz içiga olgan axborot tarqatilişiga qarşi harakatlar qiliş ekanligi mustahkamlangan.

Hatto ötgan yili kelajak avlodni, şu jumladan, zöravonlik va şafqatsizlik ta'siridan himoya qilişga qaratilgan maxsus «Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida»gi Qonun qabul qilindi.

Bundan olti yil muqaddam bu borada Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga 1891 va Jinoyat kodeksiga1301-moddalar kiritilib, zöravonlikni yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş uçun javobgarlik belgilandi. Bu normalar kiritilişining öziga xos sabablari, asoslari bor.

Prezidentimizning 2017 yil 10 apreldagi «Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonida zöravonlik va şafqatsizlik ğoyalaridan himoya qilişga qaratilgan tizimni rivojlantiriş içki işlar organlari tizimini isloh qilişning eng muhim yönalişlari biri deb belgilangan.

Albatta, bu tizimni rivojlantirişni fuqarolik jamiyati institutlarining faol iştirokisiz tasavvur etib bölmaydi. Ayni paytda jamoat taşkilotlarining bu boradagi faoliyati yetarli emas. Ular, avvalo, bong urişi, keyingi paytlarda qonunçilik bilan ularga berilayotgan imkoniyat va vakolatlardan unumli foydalanişi zarur. Gap, birinçi navbatda, ularning jamoatçilik nazoratini amalga oşirişi, davlat organlari bilan ijtimoiy şeriklik asosida aynan zöravonlik va şafqatsizlik tarğibotiga qarşi birgalikda kuraşi haqida bormoqda.

Misol uçun, Özbekiston yoşlar ittifoqi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Özbekiston jurnalistlari uyuşmasi, Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi singari taşkilotlar bu borada faoliyatini kuçaytirişi zarur. Qolaversa, bu yönalişda siyosiy partiyalarning faol bölişi maqsadga muvofiq.

Umuman, zöravonlik va şafqatsizlik körinişlari mavjud, keng omma körişiga möljallangan barça materiallar tarqalişi ustidan samarali davlat va jamoat nazorati tizimi şakllantirilişi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bölib qolmoqda. 

X.Meliyev,
Adliya vazirligi mas'ul xodimi