Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga öqituvçilar tanlov asosida işga taklif qilinmoqda.
Prezidentning 2019 yil 28 iyundagi “Ösmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari va davlat xizmati uçun kadrlar zaxirasini tayyorlaş tizimini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi taşkil etilmoqda.
Mazkur litseyiga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik iş stajiga ega bölgan öqituvçilar işga taklif qilinmoqda.
“Temurbeklar maktabi”ning öqituvçilari va boşqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegişli lavozimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş şart-şaroitlari tizimi tatbiq etiladi. “Temurbeklar maktabi” işçi va xizmatçilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
öqituvçilar uçun - 5 barobar;
psixolog uçun - 3 barobar;
axborotlaştiriş va aloqa bölinmalari xodimlari - 2 barobar oşirilgan miqdorda tölanadi.
“Temurbeklar maktabi”da işlaş uçun quyidagi fanlardan dars beruvçi öqituvçilar işga taklif etiladi:

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga öqituvçilar tanlov asosida qabul qilinadi.
“Temurbeklar maktabi”ning manzili: Toşkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika şaharçasi (Qibray qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji örnida).
Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida işlaşni xohlovçi öqituvçilar 2020 yilning 10 fevraliga qadar DXX Institutiga (Toşkent şahar Mirobod tumani Taras Şevçenko köçasi 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilişlari mumkin.












