Andijon viloyati Marhamat tumanida faoliyat yurituvçi bank xizmatlari markazlaridan birining boşliği va «Norin-Qoradaryo» irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi maşinisti özaro til biriktirib, fuqaroning işonçiga kirişgan.
Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasida bölgan 24 sotix yer maydonining göyoki turar-joy toifasiga oid hujjatlari borligini aytib, mansabdor tanişlari orqali uni kelgusida mazkur fuqaro nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 39 ming AQŞ dollari talab qilişgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda maşinist oldindan 25 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













